Ijtimoiy tarmoqlarda Qöşrabot tumani prokuraturasi binosida IIB xodimi ayolga kuç işlatayotib, pogonini özi yulib taşlagani va ayolni ayblagani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIV matbuot xizmati rahbari ma’lumot berdi.

Unda yozilişiça, hodisa 2021 yil 16 iyul kuni Qöşrabot tumani prokuraturasi binosida sodir bölgan.

Videoda IIB xodimlari ikki nafar ayolga kuç işlatayotgani tasvirlangan. Xodimlardan biri ayollardan birining qölini qayirib olib ketayotganda yonidagi şerigiga «pogonimni yul» deb baqirgani, söng pogonini özi yulib taşlab ayolni ayblay boşlagani tasvirlangan.

«Hozirda holat IIV Şaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan örganilmoqda. Xodimning harakatlari qöşimça ravişda töliq tekşirilib, holatga huquqiy baho beriladi», deyiladi IIV matbuot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov e’lon qilgan ma’lumotda.