Vazirlar Mahkamasining “Yöl-patrul xizmati xodimlari yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha bilan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan yöl-patrul xizmati xodimlari yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisidagi nizomga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Nizom 2-bandida körsatilgan asosiy tuşunçalardan biri maxsus moslamalar tuşunçasiga transport vositalari haydovçilari giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki özgaça tarzda mast holatda ekanini aniqlovçi narkotester maxsus texnik vositasi kiritilmoqda.

Nizom 6-bobi (yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarişda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi) yangi tahrirda qabul qilinmoqda.

Bildirilişiça, yöl-patrul xizmati xodimlari maxsus moslamalardan foydalaniş tartibi böyiça Turkiya va Gruziya kabi mamlakatlar tajribalari keng örganib çiqilgan.

Loyiha qabul qilinişi respublika hududida jamoat xavfsizligini ta’minlaş va yöl-transport hodisalari oldini olişga, jinoyatlar foş etilişiga hamda jinoyatlar sodir etiş holatlari kamaytirilişiga xizmat qiladi.