Bugun, 3 dekabr kuni futbol böyiça amputantlar örtasidagi jahon çempionatida bronza medallarini qölga kiritgan Özbekiston milliy jamoasi a’zolari qöşimça rağbatlantirildi. Jamoa vakillariga Cobalt avtomobillari berildi.



Eslatib ötamiz, Özbekiston amputantlar milliy jamoasi 30 sentabrdan 9 oktyabrgaça Turkiyada bölib ötgan jahon çempionatida 3-örinni qölga kiritgan edi.
Avvalroq SUBeKTIV loyihasida futbolçilar ularga bu yutuqlari uçun 10 mln sömdan pul mukofoti berilganini aytib, bundan noroziliklarini bildirişgan edi. Çunki futbolçilarning aksariyati oila tebratiş uçun turli kasblar bilan şuğullanişadi, maşğulotlar ötkazişga viloyatlardan Toşkentga qatnaşadi.
Körsatuv e’lon qilingaç, sport vaziri Adham Ikromov körsatuv mualliflari va OAV iştirokida jamoa a’zolari bilan uçraşib, ularni qöşimça rağbatlantirişga va’da bergandi.


















