Kanada rasmiylari, Ottavaga köra, inson huquqlarining buzilişi va xalqaro tinçlik va xavfsizlikka tahdid soluvçi harakatlar uçun mas’ul bölgan Eron rasmiylari va taşkilotlariga qarşi sanksiyalarni kengaytirmoqda. Bu haqda Kanada taşqi işlar vaziri Melani Jolining 2 dekabr, juma kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi. 

Sanksiyalar röyxatiga 4 nafar jismoniy va 5 ta yuridik şaxs, jumladan Safiran Airport Services savdo va yuk taşuvçi Eron aviakompaniyasi qöşildi, u «Rossiya harbiy samolyotlarining Eron va Rossiya örtasida parvozlarini muvofiqlaştirgan, bu orqali Eron rejimi tomonidan işlab çiqarilgan halokatli uçuvçisiz uçiş apparatlari (UUA)ni yetkazib beriş amalga oşirilgan». 

Sanksiyalar, şuningdek, Basij Resistance Mobilization Force va Islom inqilobi muhofizlari korpusi bilan texnologiya sektorida tadqiqot xizmatlarini körsatiş, şu jumladan, Shahed seriyasidagi UUA işlab çiqiş sohasida muhofizlar korpusini rivojlantiriş böyiça şartnomalar tuzgan Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) kooperativ jamğarmasining şu’ba korxonasi Baharestan Kish Company kompaniyasiga ham ta’sir körsatdi.

«Bu harakatlar Kanadaning Eron rejimining mamlakat içkarisida va xorijdagi jirkanç xatti-harakatlariga javobining sönggi namunasidir. Kanada xalqaro hamkorlari bilan rejimning beqarorlaştiruvçi harakatlariga qarşi turiş va jim turişni istamagan eronliklarning jasoratli ovozini kuçaytirişda davom etadi», - deyiladi Kanada Taşqi işlar vazirligi saytida.

Vazirlik ma’lumotlariga köra, Kanada şu kungaça 99 nafar jismoniy şaxs va 181 ta Eron taşkilotiga, jumladan, IIMK hamda rejimning iqtisodiy, xavfsizlik va razvedka apparatiga nisbatan sanksiya qöygan. 

Noyabr oyi örtalarida Kanada IIMK aerokosmik kuçlari bilan boğliq va Shahed seriyali dronlarini, xususan, Rossiya tomonidan Ukraina bilan uruşda foydalaniladigan Shahed-136’ni işlab çiqariş faoliyatiga aloqador deb hisoblanuvçi Shahed Aviation Industries kompaniyasiga sanksiyalar kiritdi.