2 dekabr kuni Qatardagi jahon çempionatida G va H guruhlarida ham sönggi öyinlar ötkaziladi va guruh bosqiçi yakunlanadi. Braziliya va Portugaliya 1/8 final masalasini hal etib bölgan, ammo ular hali pley-offda kimga qarşi öynaşini bilmaydi. Uçinçi tur yakunlariga köra ular özaro töqnaş kelib qolişi ham mumkin. Quyida uşbu kvartetlarda guruh bosqiçi yakuni arafasida yuzaga kelgan vaziyat körib çiqiladi.
H guruhi
Gana — Urugvay (Toşkent vaqti bilan soat 20:00)
H guruhida sönggi tur arafasida Gana ikkinçi örinda (ikki öyinda 5 gol urilgan), Urugvay esa birorta gol urmasdan sönggi örinda joylaşişini köpçilik kutmagandi. Afrikaliklar jamoasida pley-offga çiqiş va JÇ-2010 çorakfinalidagi mağlubiyat uçun urugvayliklardan qasos oliş uçun ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Guruhdan çiqiş uçun Ganagga durang ham yetarli, bunda Koreya Portugaliyadan ikki yoki undan köp töp farqi bilan ustun kelmasligi kerak böladi.
Diyego Alonso jamoasida esa xato qilişga huquq yöq, ularga uç oçko suv va havodek zarur. Urugvayning turnirdagi uçinçi raqibi himoya haqida jiddiy öylamaydigan jamoa bölmoqda. Lekin aytiş kerakki, janubiy amerikaliklarning özi hujumda u qadar işonçli öynay olmayapti. Ular köp xavfli vaziyatlar yarata olmayapti, yuzaga keltirilgan vaziyatlardan foydalanişda ham oqsaşmoqda. Urugvayliklar birgina oçko bilan qolayotgani yetmagandek, ularda gollar nisbati böyiça eng yomon vaziyat yuzaga kelgan (Janubiy Koreya bilan taqqoslaganda). Agar sönggi turda koreyaliklar va Urugvay bir xil töp farqi bilan ğalaba qozonişsa, osiyoliklar jamoasi yuqoriroqda joylaşadi. Şu tufayli Janubiy Amerikaning uçinçi jamoasi sifatida turnirga kelgan jamoadan yirik hisobda ğalaba qozoniş talab etiladi.
Janubiy Koreya — Portugaliya (Toşkent vaqti bilan soat 20:00)
Qiyinçiliklarga qaramay portugallar ötgan ikki öyinda ikki ğalabaga erişib, muddatidan oldin 1/8 final yöllanmasini hal qildi. Ammo Portugaliya termasi futbolçilarining böşaşişga va individual statistikasini yaxşilaş uçun öynaşga haqqi yöq. Agar ular pley-offning birinçi bosqiçidayoq Braziliyaga raqib bölişni istaşmasa, oxirgi turda Koreyaga yutqazmaslik va guruhda birinçi örinda qoliş talab etiladi. Portugallar mağlub bölsa ham guruh yetakçiligini saqlab qolişi mumkin, buning uçun Gana Urugvayni yenga olmasligi kerak böladi. Agar Gana öz öyinida ikki yoki undan köp töp farqi bilan ğolib bölsa va portugallar yutqazsa, ikkinçi öringa tuşib ketadi.
Koreyaning vaziyati ham Urugvaynikiga öxşaş — jamoani faqat ğalaba qoniqtiradi. Jamoa sardori va yetakçisi Son Xin Min hali öz sözini aytmadi. «Tottenhem» hujumçisi jahon çempionatiga közidagi jarohatidan töliq tuzalmagan holda keldi, ammo u jamoa bilan turnirni erta tark etmoqçi emas. Uning jamoadoşlari birinçi turda Urugvayning hujumlariga doş bergandi va bu vazifani Portugaliyaga qarşi öyinda ham uddalaş mumkin. Jismonan yaxşi holatda bölgan koreyslarda qarşi hujumlar uyuştiriş imkoniyati böladi — hujum çiziğida Sondan boşqa tezkor futbolçilar ham yetarliça. Sönggi tur arafasida Osiyo vakillari töplar nisbatiga köra urugvayliklardan yaxşiroq körsatkiçga ega, şu tufayli ikki jamoa bir xil hisobda ğalaba qozongan taqdirda, Koreya Janubiy Amerika vakillaridan yuqorida joylaşadi.




















