Buxoro viloyati sudida Nukus voqealari bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan sud ishi davom ettirildi. Sud ishida jabrlanuvchilar hamda fuqaroviy da’vogar tinglandi.
Fuqaroviy da’vogarga ko‘ra, u lizing asosida Kamaz yuk mashinasini xarid qilgan hamda Qoraqalpog‘istonda ishlayotgan bo‘lgan. Nukus voqealari sodir etilgan kuni haydovchi yuk mashinani texnik ko‘rikka olib borgan va qaytishda ko‘chada olomonga duch kelgan. Jarayonda mashina yoqib yuborilgan va haydovchiga tan jarohati yetkazilgan.
Da’vogarning ta’kidlashicha, mashinaning tannarxi 652 mln so‘m. Ammo u lizingga olingan. Shu sababli yetkazilgan umumiy zarar miqdori 966 mln so‘mni tashkil qilmoqda. U suddan mazkur zararni undirib berishni so‘radi.

Shuningdek, sudda jabrlanuvchilarning ham ko‘rsatmalari tinglandi.
Oldinroq sud ishini jonli efirda uzatish vaqtincha to‘xtatilgani, guvohlar va jabrlanuvchilar bir-birlarining ko‘rsatmalarini eshitib qolmasligi uchun prokuror JPK 432-moddasiga muvofiq efirni to‘xtatishni so‘ragani haqida xabar berilgandi.
















