Toşkentda noqulay ob-havo sabab avtobuslar oraliq interval vaqtlari ortişi mumkin. Bu haqda «Toşşahartransxizmat» matbuot xizmati xabar berdi.

Noqulay ob-havo şaroitida avtotransport vositalari harakatlanişida noqulayliklar yuzaga kelişi sababli ayrim avtobus yönalişlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortişi holatlari yuzaga kelişi mumkinligi qayd etilgan.

«Ob-havoning keskin özgargani, qor yoğişi va avtomobil yöllarida muzlamalar hosil bölgani sababli barça haydovçilardan transport vositasini boşqariş paytida murakkab ob-havo şaroitini hisobga olişlarini, zarurat bölmaganda şaxsiy avtomobillarida, ayniqsa, qişga möljallangan şinalarga ega bölmagan transport vositalarida harakatlanmaslikni, tezlik talablariga qat’iy amal qilişlarini, piyodalardan yölni kesib ötişda öta huşyor bölişlarini, kattalardan yöllarda bolalarning harakatini nazoratga olişlarini söraymiz», — deyiladi xabarda.

Toşkent şahrida 4 dekabr kuni qor yoğa boşlagandi. 5 dekabr kuni ham qor yoğişi davom etmoqda, muzlamalar hosil bölgani sababli yöllarda harakatlaniş qiyinlaşgan.

Toşkent şahrida aholi iste’mol qiladigan va isitiş tizimida foydalaniladigan tabiiy gaz bosimi pasayib ketgani tufayli avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari vaqtinçalik yopilmoqda, bu ham yöllarda harakatga ta’sir körsatmoqda.