Özbekiston va Qirğiziston çegarani kesib ötişda pasport nazoratini soddalaştirişga kelişib oldi.

Bu haqda Jogorku Keneşning Xalqaro işlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qömitasi yiğilişida Qirğiziston taşqi işlar vaziri örinbosari Oybek Ortiqboyev ma’lum qildi.

Unga köra, endi ikki davlat fuqarolari ID-kartani körsatiş orqali çegaradan ötişi mumkin böladi.

«16 yoşga tölmagan fuqarolar çegarani kesib ötişda xorijga çiqiş pasportini körsatadi. 16 yoşga tölgan va undan kattalar ID-kartani körsatsa ham böladi. Tegişli bayonnoma Özbekiston prezidentining 9 dekabr kuni Qirğizistonga davlat taşrifi çoğida imzolanadi», — dedi vazir örinbosari.

Qirğiz parlamenti qömitasi Özbekiston bilan kelişuvni qöllab-quvvatlagan.