“Ikudzi” – uşbu atama yaponlarning bola tarbiyasidagi eng muhim unsurlarni ifodalovçi tuşunça bölib, ana şu xususiyat uni boşqa millat vakillaridan ajratib turadi. Bu nafaqat pedagogik usullarning kombinatsiyasi, balki yangi avlodlarni öqitiş va tarbiyalaşga qaratilgan butun bir mexanizmdir.
Ona va bola – bir butun
Yaponiyada ota-onaga hurmat juda yuqori bölib, bu ham bola hayotining dastlabki davrida şakllantiriladigan tuşunçalardan biridir. Qadim zamonlardan beri yapon oilalarida farzand tarbiyasi ayolning burçi deb qaralgan. Agar ayol onalik maqomiga ega bölsa, özini bunga töliq bağişlaşi kerak. Bola uç yoşga tölgunga qadar işga boriş, bolani buvisi va buvisining qaramoğida qoldiriş ular uçun yot tuşunçalardir. Ayolning asosiy vazifasi ona bölişdir va Yaponiyada öz majburiyatlarini boşqalarga ötkaziş mutloq mumkin bölmagan holatdir.
Bundan taşqari, bir yilgaça ona va bola deyarli bir butundir. Yaponlar qayerga borsa, nima qilsa ham bola doimo ayolning kökragida yoki orqasida böladi. Şuning uçun Yaponiyada bolalar uçun «çöntaklar» Ğarbda tarqatilişidan ança oldin paydo bölgan. Mana şu doimiy yaqinlik natijasi ölaroq bolaning ongida onaga nisbatan hurmat erta yoşdayoq şakllanib böladi. Yaponlar uçun onasini xafa qiliş yoki haqorat qilişdan-da yomon narsa yöq.

“Bola xudodir”
Ikudzi tamoyillariga köra, beş yilgaça bolaga xudo sifatida qaraşadi. Ota-onalar farzandlariga heç qanday taqiq qöyişmaydi, unga baqirmaydilar, jazolamaydilar. Bola uçun «mumkin emas», «yomon», «xavfli» kabi sözlar yöq. Yevropada bunga bema’nilik, injiqlik, töliq nazoratning yetişmasligi sifatida qaraşadi. Aslida esa Yaponiyada ota-onalarning obrösi Ğarbga qaraganda ança yuqori.
“Bola quldir”
Bola beş yoşga yetganda kutilmagan voqelikka duç keladi. U qat’iy qoidalar va çeklovlar bilan tanişa boşlaydi. Unga amal qilmaslik esa aslo mumkin emas. Gap şundaki, qadimgi davrlardan beri yapon jamiyati jamoa bölib yaşab kelgan. Tabiiy iqlim va iqtisodiy şaroitlar odamlarni jamoa bölib yaşaşga va işlaşga majbur qilgan. Faqat özaro yordam va umumiy birlik bilangina yetiştiriladigan guruçning hosildorligi tökin hayotni kafolatlagan.
Jamoat manfaatlari şunday tuzilganki, u yerda insonning har biri mexanizmning bir bölagi. Agar siz bu mexanizmdan öz örningizni topmasangiz, unda jamoat faoliyatida heç qanday ahamiyatga ega emassiz. Şuning uçun, beş yoşdan boşlab bolalarga guruhning bir qismi böliş örgatiladi. Yaponlar uçun ijtimoiy ajratişdan yomonroq narsa yöq va bolalar tezda şaxsiy xudbinlik va manfaatlarini qurbon qilişga odatlanişadi.

“Bola tengdir”
15 yoşga kelib, bola deyarli şakllangan şaxs hisoblanadi. Bundan taşqari, öz-özini kaşf etişning qisqa bosqiçi davom etadi, ammo bu kamdan-kam hollarda oldingi ikki davrdagi natijalar poydevoriga putur yetkazadi.
Bolani tarbiyalaşning asosiy prinsiplari:
Individuallik yöq, hamkorlik bor. Bu ota-onalar va tengdoşlar bilan munosabatlarda ham aks etadi. Bolaligida ota-onalar farzandining barça talablariga rozi bölişadi, 5 yoşdan boşlab esa ular ota-onalariga töliq böysunadi.
Emotsiyalarni jahl va baqiriş orqali emas, balki nigoh va tuşuntirişlar bilan ifodalaş. Ota-onalar öz tanbehlarini köz qaraş va tuşuntiriş orqali ifodalaşadi.
Özaro hurmatni ifodalaş. Bolaligidanoq oilada döstona va özaro hurmat hukm suradi. Ota-onalar şaxsiy namuna sifatida katta oila a’zolariga hurmat va muhabbatni namoyiş etişadi.

Hissiyotni tarbiyalaş. Jamiyatda yaşaş va boşqalar bilan umumiy til topiş uçun siz ularning his-tuyğularini qadrlaşingiz va hurmat qilişingiz kerak. Yapon onalari bolalarni erta yoşdan boşlab özlarini boşqa odamlarning örniga qöyişga va ularning his-tuyğularini tuşunişga örgatadilar.
Öz-özini boşqarişni örganiş. Buning uçun uyda va bolalar boğçalarida maxsus texnikalar qöllanadi. Masalan, öqituvçi jamoalarga vazifalarni topşirar ekan, öquvçiga nafaqat öz vazifasini yaxşi bajariş, balki örtoqlariga ham ergaşiş kerakligini tuşuntiradi. Şunday qilib, u qattiqqöl murabbiy emas, balki muvofiqlaştiruvçi sifatida işlaydi va bolalar özlarini nazorat qilişni örganadilar.
Ikudzi – bizning tuşunçamizda paradoksal va hatto ğalati ta’lim tizimi. Biroq u asrlar davomida sinovdan ötkazilib, öz mamlakatining intizomli, qonunga böysunadigan fuqarolarini östirişga yordam berib kelmoqda.
Maxsuma Oqqöziyeva tayyorladi.











