16:04 / 07.12.2022
4048

Latviya ortidan Litva ham «Dojd» telekanali efirini taqiqlaydi

Foto: AP

8 dekabrdan boshlab mamlakat hududida YouTube'da «Dojd» telekanali efirlarini ko‘rish imkoni bo‘lmaydi. Kuni kecha «Dojd» «milliy xavfsizlikka tahdid» sabab Latviya tomonidan ham taqiqlandi.

Latviyadan keyin Litva ham Rossiyaning muxolif «Dojd» telekanali efirini taqiqladi. Ushbu qarorning sababi Latviya hukumati tomonidan kanalga kontentni Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlarda tarqatish imkonini beradigan «Dojd» litsenziyasining bekor qilinishi bo‘ldi. Bu haqda Litva radio va televideniye komissiyasi 7 dekabr, chorshanba kuni xabar berdi.

«U («Dojd») Latviyada xizmat ko‘rsatuvchi teleradiokompaniyalar tomonidan qayta translatsiya qilinadigan dasturlar ro‘yxatiga kiritilgan, talab bo‘yicha audiovizual media-xizmat provayderlari xizmatlari YouTube video almashish platformasida mavjud. Lisenziya bekor qilinganidan keyin, 8 dekabrdan boshlab «Dojd»efirlarini Litvada ham ko‘rish imkoni bo‘lmaydi», - deb xabar qildi komissiya.

Bir kun avval Latviya Milliy elektron OAV kengashi (NEPLP) «milliy xavfsizlik va jamoat tartibiga tahdid borligi» haqida ma’lum qilib, «Dojd» telekanalining efirga chiqish litsenziyasini bekor qildi. Latviya hududida telekompaniyaning YouTube'dagi dasturlarini ko‘rish imkoni ham bloklandi.

Latviyada «Dojd»ning litsenziyadan mahrum qilinishi ikkita ogohlantirishdan keyin sodir bo‘ldi. Birinchisi, Qrimni Rossiya Federatsiyasi bir qismi sifatida ko‘rsatadigan xaritaning efirga uzatilishi bilan bog‘liq edi. Buning uchun telekanal 10 ming yevro jarimaga tortildi.

«Dojd» teleboshlovchi Aleksey Korostelev jonli efirda Rossiya armiyasini «biznikilar» deb atagani va kanal «frontga» safarbar qilingan ruslarga «yordam berishi mumkin» degan iborasidan so‘ng ikkinchi ogohlantirish oldi.

Mavzuga oid
Top