Nizom banklarda auditorlik tekşiruvini ötkaziş öziga xos xususiyatlarini hamda banklar auditorlik tekşiruvlarini ötkaziş huquqi uçun auditor malaka sertifikatini beriş, amal qilişini uzaytiriş va tugatiş hamda auditorlar reyestrini yuritiş tartibini belgilaydi.
Bank moliyaviy hisoboti va banklar guruhi konsolidatsiyalaşgan moliyaviy hisoboti auditorlik tekşiruvi ştatida Markaziy bank banklarda auditorlik tekşiruvlarini ötkaziş huquqini beruvçi malaka sertifikatiga ega kamida ikki nafar auditori (auditorlik taşkiloti rahbarini hisobga olgan holda) mavjud bölgan auditorlik taşkiloti tomonidan ötkaziladi.
Bankda va banklar guruhida auditorlik tekşiruvini ötkazuvçi auditorlik taşkilot tomonidan tayinlangan auditorlar guruhiga rahbarlikni malaka sertifikatiga ega bölgan auditor amalga oşirişi lozim.
Auditorlik taşkiloti tanlovlarini ötkazişga bank audit qömitasi mas’ul hisoblanadi. Bank kuzatuv kengaşi auditorlik taşkilotini tayinlaş böyiça oçiq tanlovni ötkaziş va oçiq tanlovda iştirok etayotgan auditorlik taşkilotlari arizalarini baholaş tartibini tasdiqlaşi lozim.
Bank aksiyadorlari umumiy yiğilişida yillik auditorlik tekşiruvini ötkazuvçi auditorlik taşkilotini tanlaş (tayinlaş) haqida qaror qabul qilinadi. Auditorlik taşkiloti bilan tuzilgan şartnoma nusxasi va körib çiqilgan boşqa nomzodlar haqidagi ma’lumotlar uç bank iş kuni içida Markaziy bankka taqdim etiladi.
Banklar yillik moliyaviy hisobotlari va banklar guruhi yillik konsolidatsiyalaşgan moliyaviy hisoboti auditorlik tekşiruvidan ötkazilişi majburiydir. Bank va banklar guruhi auditorlik tekşiruvi Markaziy bank talabiga köra umuman bank yoki banklar guruhi faoliyati böyiça ham, ular faoliyati alohida yönalişlari böyiça ham ötkazilişi mumkin.
Auditorlik taşkiloti auditorlik tekşiruvini ötkaziş jarayonida bank içki nazorat tizimi haqida ma’lumot oliş maqsadida bank içki audit xizmati xodimlari bilan uçraşuvlar ötkazişi lozim.
Auditorlik taşkiloti:
- banklar va bank faoliyati töğrisidagi qonunçilik talablari qöpol buzilişiga olib keluvçi;
- bank faoliyatiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin bölgan;
- moliyaviy hisobot işonçliligi va buxgalteriya hisobini yuritiş tartibi qonunçilikda belgilangan talablarga muvofiqligi töğrisida fikr bildirişni auditorlik taşkiloti tomonidan rad etişga yoki fikrlarni qöşimça şart bilan bildirişga olib kelişi mumkin bölgan holatlar töğrisida Markaziy bankni darhol xabardor etişi şart.












