Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha nazorat qoidalari o‘zgaradi
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Foto: Shutterstock
Tegishli hujjat loyihasiga ko‘ra, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar qoidalar 11-1-bandi ikkinchi – to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlar lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin.
Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha so‘nggi javobgarlik qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar zimmasida qoladi. Bunda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar:
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxalarini so‘rov asosida darhol olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga;
uchinchi tomon qoidalar asosida ishlashiga ishonch hosil qilishi kerak.
Yuqorida ko‘rsatilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishlari kerak.
Mijoz – yuridik shaxsni va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan qoidalar ilovasida nazarda tutilgan axborot asosida amalga oshiriladi.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz ma’lumotlarida o‘zgarishlar bo‘lganda, biroq qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan tavakkalchilik yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV
Jahon | 22:01
-
Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sportkarda sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 21:20
-
Dunyoda yana bir urush – Tailand va Kambodja o‘rtasida
Jahon | 21:18
-
Samarqand shahrining yoshi 3 ming yil deb qayta baholanadi
O‘zbekiston | 21:17
Mavzuga oid

17:58 / 03.04.2025
Ruminiyada 30 yil davomida oddiy buyum sifatida qarab kelingan tosh 1 mln dollarlik qahrabo bo‘lib chiqdi

13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi

14:53 / 05.03.2025
Foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish tartibi tasdiqlandi

12:20 / 15.10.2024