Foto: Prezident administratsiyasi

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boşçiligida qişni betalafot ötkaziş, energetika tizimidagi kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda Özbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyat oqibatlarini yumşatiş uçun qöşimça çoralar belgilandi.

Tabiiy gaz va elektr energiyasi böyiça:

  • gaz yetkazib beriş hajmi sutkasiga 5 million kub metrga oşiriladi;
  • 2023 yil 1 martga qadar davlat idoralari tasarrufidagi siqilgan gazda harakatlanadigan avtomobillardan foydalaniş taqiqlanib, ularni benzinga ötkaziladi;
  • xorijiy davlatlar bilan qöşimça tabiiy gaz, elektr energiyasi, kömir, mazut xarid qiliş böyiça muzokaralar jadallaştiriladi;
  • barça işlab çiqaruvçilar va treyderlarga suyultirilgan gazni eksport qiliş taqiqlanadi;
  • tabiiy gaz yetkazib beriş imkoniyati mavjud bölmagan hollarda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berişga ruxsat etiladi;
  • Suv xöjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalariga elektr energiyasi yetkazib berişga örnatilgan vaqtinça çeklovlar yil yakuniga qadar uzaytiriladi;

Benzin böyiça:

  • birja sotuvlariga qöyilayotgan AI-80 benzining kunlik hajmi oşiriladi;
  • birjada AI-80 benzini savdosiga vositaçi kompaniyalarning iştirok etişiga yöl qöyilmaydi;
  • benzin va dizel yoqilğisi işlab çiqariş uçun xomaşyo hamda tayyor benzin importi oşiriladi;
  • 2 oy muddatga AI-80 benzini importi uçun aksiz soliği va uni çakana sotiş uçun aksiz soliğini hisoblaş va undiriş töxtatib turiladi;
  • AI-80 benzini narxining asossiz oşirilişiga yöl qöyilmaydi, narx oşişi boşlanğiç narxning 5 foizidan ortiq bölmasligi ta’minlanadi.

Şuningdek, prezident topşiriğiga asosan boş vazir boşçiligida energiya muammolarini tezkor örganiş va hal qilib boriş böyiça hukumat işçi guruhi tuzilmoqda. Kunlik nazorat örnatiş uçun prezident maslahatçilari va boş vazir örinbosarlari har bir viloyat hokimiga biriktirildi.