Hududlar va tarmoqlar kesimida işlab çiqaruvçilar va eksportyorlarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar natijalari körib çiqildi. Joriy yil yanvar-noyabr oylari mobaynida 13 milliard dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilindi. 

Eksportyor korxonalar aylanma mablağlarini töldiriş uçun zarur kreditlar ajratiş, ilgari tölangan qöşilgan qiymat soliği summalarini qaytariş, kommunal xizmatlarga ulaş va energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlaş böyiça mas’ul rahbarlar faoliyati yetarli darajada emasligi qayd etildi.

Hududlar va tarmoqlar mavjud eksport salohiyatidan töliq foydalaniş maqsadida eksportyorlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş doirasida amalga oşiriladigan çora-tadbirlar yuzasidan korxonalarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar hisobotlari tanqidiy ruhda tinglandi. Eksportga yetkazib beriş hajmini oşiriş maqsadida kundalik monitoringni amalga oşiriş, tadbirkorlar bilan faol hamkorlik qiliş va ularni öz vaqtida va har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça aniq vazifalar belgilandi.

Yiğiliş yakunlariga köra, muhokama etilgan masalalar doirasida tegişli rahbarlarga qöşimça maqsadli topşiriqlar berildi. Ular bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Boş prokuraturasiga yuklandi.