Rossiyada giyohvand modda kontrabandasida ayblanib, töqqiz yilga qamalgan amerikalik basketbolçi qiz Brittni Grayner rossiyalik Viktor Butga almaştirildi. AQŞda uni «ölim savdogari» deb ataşardi. Unga kolumbiyalik jangarilarga qurol yetkazib bergani uçun 25 yil berişgandi.

Viktor But - sovetlar armiyasida tarjimon bölgan, sovetlarning harbiy-transport aviatsiyasida xizmat qilgan. 1991 yilda zaxiraga olingaç biznes bilan şuğullana boşlagan - uning özi aytişiça, xalqaro aviaparvozlar sohasida faoliyat körsatgan. But dunyoning asosan xavfli sanaladigan mintaqalariga mahsulotlar yetkazib beriş böyiça keng kölamli biznesni yölga qöygani ma’lum.

U xalqaro qurol savdosini boşlaşdan oldin gullar, mebel va muzlatilgan jöjalar yetkazib beriş bilan şuğullangan. OAV ma’lumotiga köra, But Afğonistonga (hukumat qöşinlariga ham, toliblarga ham) Angola va Ğarbiy Afrika mamlakatlaridagi isyonçilarga qurollar va harbiy jihozlar yetkazib bergan. Uni şuningdek «Al-Qoida»ga ham qurollar, jumladan kimyoviy qurollar yetkazib berişga aloqadorlikda gumon qilişgan.

U 2008 yil martida Bangkokda AQŞ hukumati bergan order asosida qölga olingan. Nyu-York Federal okrug prokuraturasi uni «qurollar AQŞ fuqarolari va rasmiy şaxslarini öldirişda qöllanişini anglagan holda» Kolumbiyadagi Inqilobiy qurolli kuçlar jangarilariga qurol yetkazib beriş böyiça jinoiy til biriktirişda ayblagan.

Öşanda Ğarb naşrlari Tailandda Butni özini göyoki FARC jangarilari sifatida körsatgan Amerika maxsus xizmatlari josuslari tuzoqqa tuşirgani haqida yozgandi.

Tailand hukumati ikki yarim yil vaqt ötib, 2010 yil noyabrida AQŞning Rossiya fuqarosini ekstraditsiya qiliş töğrisidagi sörovini qanoatlantiradi. Rossiya TIV Butning AQŞga ekstraditsiya qilinişiga protest bildiradi, taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Tailand hukumati harakatini AQŞning siyosiy bosimi natijasi va «toqat qilib bölmas adolatsizlik namunasi» deb atagandi.

Ayrim ekspertlar 1990-yillarda sovetlarning transport samolyotlarida Afrikadagi qator «qaynoq nuqtalar»ga parvozlarni amalga oşirib maşhur bölgan But Rossiya razvedkasi uçun öta foydali şaxs hisoblangani va Moskva u Qöşma Ştatlarda sud qilinişini istamasligini taxmin qilgandi.

Butning özi qandaydir davlat sirlaridan boxabar ekani haqidagi ma’lumotni rad etgan. «Menda Rossiya davlati va uning yetakçilari haqida heç qanaqa maxfiy ma’lumotlar yöq... Men umuman Rossiya kompaniyalari bilan ham, davlat taşkilotlari bilan ham işlamaganman», - degan u.