Rossiyada giyohvand moddalarni saqlaş va kontrabandasida ayblanib, qamoq jazosiga hukm qilingan amerikalik basketbolçi Brittni Grayner Mordoviyadagi axloq tuzatiş koloniyasida saqlanmoqda. Bu haqda 17 noyabr, payşanba kuni sportçining advokatlari xabar berişdi.
«Biz Brittni Mordoviyadagi IK-2da jazo ötay boşlaganini tasdiqlaymiz. Şu hafta boşida uning oldiga bordik. Brittni imkon qadar vaziyatga doş beryapti, yangi şaroitlarga çidaşga va moslaşişga harakat qilmoqda», - deydi advokatlar Mariya Blagovolina va Aleksandr Boykov.
Avvalroq advokatlar Grayner 4 noyabr kuni tergov izolyatoridan koloniyaga ötkazilgani haqida xabar bergan edi. Oktabr oyi oxirida Moskva viloyat sudi basketbolçiga nisbatan avgust oyida Ximki sudi tomonidan çiqarilgan hukmni qonuniy deb topdi. Grayner kontrabanda va giyohvand moddalarni saqlaşda aybdor deb topilib, töqqiz yilga hukm qilindi va bir million rubl miqdorida jarimaga tortildi. Sportçi hibsda bölgan vaqt hisobga olinsa, u sakkiz yilni koloniyada ötkazişi kerak böladi.
Grayner fevral oyida Şeremetevo aeroportida qölga olingan edi. Tergov ma’lumotlariga köra, uning bagajidan gaşiş moyi bölgan veyp kartrijlar topilgan. OAV ma’lumotlariga köra, AQŞ prezidenti ma’muriyati Rossiyaga Rossiyada josuslikda ayblangan sportçi va sobiq dengiz piyodasi Pol Uilanni AQŞda qurol savdosi bilan şuğullangan Rossiya fuqarosi Viktor Butga almaştirişni bir neça bor taklif qilgan. CNN telekanali xabar berişiça, Moskva Qöşma Ştatlardan Grayner va Uilan almaşinuv bitimiga yana bir rossiyalik – Germaniyada Berlinda çeçenistonlik sobiq dala qömondoni Zelimxon Xanqoşvilini öldirganlikda aybdor deb topilgan Vadim Krasikovni qöşişni talab qilgan.
Vaşingtonda Moskva bilan kelişuv muhokamasi tafsilotlari oşkor etilmadi. Avgust oyida Oq uy Rossiya rasmiylaridan mahbuslar almaşinuvi taklifi böyiça «xiyonatkor» javob olgani haqida ma’lum qilingan va Qöşma Ştatlar bu pozitsiyada muzokaralar olib bormasligini bildirgan.

















