Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. 2022 yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi, 2023 yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Qayd etilganidek, tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlar ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatilayotganiga qaramay, joriy tovar ayirboshlash hajmi ikki mamlakat mavjud salohiyatiga mos kelmaydi. Iqtisodiy diplomatiya qo‘shma mexanizmlarini, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Ruminiya hukumatlararo komissiyasi faoliyatini qayta tiklash orqali takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Parlamentlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash, mashinasozlik va kimyo sanoati sohalarida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.















