Ukrainada uruşning 290-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainadagi uruş Rossiya va alyans örtasidagi töqnaşuvga aylanişidan xavfsiramoqda. Uning sözlariga köra, NATOdagilar har kuni bunday ehtimoldan qoçiş ustida işlamoqda.
  • Times naşriga köra, Ukraina hududlari yoppasiga öqqa tutilişi davom etayotgani sababli AQŞ endi Kiyevni Rossiyadagi nişonlarga zarba berişdan qaytarişga urinmayapti. Gazeta ma’lumotiga köra, Vaşington endi bunday zarbalar mojaro eskalatsiyasiga olib kelişidan qayğurmay qöygan.
  • Osloda 2022 yilgi Tinçlik böyiça Nobel mukofotini topşiriş marosimi ötkazildi — mukofot Rossiya, Belarus va Ukrainadan bölgan huquq himoyaçilariga berildi.
  • Ukraina qurolli kuçlari ma’lumotiga köra, 11 dekabrga ötar keçasi mamlakat janubida rossiyaliklarning dronlari hujumi kuzatilgan. 15 drondan 10 tasi urib tuşirilgan. Hujum oqibatida Odessa oblasti va Xerson şahridagi minglab kişilar toksiz qolişgan.
  • Dnepropetrovsk oblastida tungi zarbalar oqibatida tört kişi jabrlangan.

Quyida 10 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmutdagi vayrongarçiliklar va şahar uçun qaqşatqiç janglar

Baxmut — Rossiya armiyasining Donbassdagi harbiy harakatlaridagi muhim yönaliş. Iyul oyidan buyon RF qöşinlari şaharga taxminan 10 kilometr masofada ilgarilagan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy frontdagi vaziyat haqida gapira turib, Baxmut butunlay yakson etilganini aytgan. Şaharning ayni vaqtdagi körinişi quyidagi suratlarda:

Özining vayron bölgan uyi oldida turgan baxmutliklar
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Mahalliy aholi gumanitar yordam evaziga kun keçirmoqda
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA