Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Kökdala tumani Çiyali qişloğida joylaşgan tuğuruqxonada çiroq öçib, çaqaloqlar sovuqda qolib ketgani aytilgan videotasvir tarqaldi.
Videoda ayollar tuğuruqxonadagi xonalardan birida örab qöyilgan çaqaloqlarni körsatişgan. Ular çiroq yöqligi tufayli isitiş tizimi işlamayotgani va çaqaloqlar sovuqda qolib ketganini aytişgan.
Tuman hokimligi axborot xizmati öz munosabatida holatni tasdiqladi:
«Kökdala tumani Çiyal hududidagi tuğuruqxonada çiroq yöqligi aytilayotgan videomurojaat masalasida hozirda Qaşqadaryo viloyati HETK xodimlari muammoni bartaraf etiş çoralarini körişmoqda. Tuman hokimligi işçi guruhi vaziyatni joyida örganiş uçun yuborildi. Tez orada uşbu holat yuzasidan qöşimça ma’lumot beriladi», deyiladi munosabatda.

















