Afrika jamoasi ilk bor jahon çempionati yarimfinaliga çiqdi.

JÇ-2022. Çorakfinal. 10 dekabr
Marokaş – Portugaliya – 1:0
Gol: 1:0 – 42 An-Nosiri.
Marokaş – Bunu, Hakimi, Saiss (Dari, 57), Al-Yamik, Attiyyat-alla, Amrabat, Amalla (Şeddira, 65), Unai, Ziyoş (Abuhilol, 82), Bufal (Jabran, 82), An-Nosiri (Banun, 65).
Portugaliya – Diogu Koşta, Diogu Dalot (Rikardu Orta, 79), Pepe, Ruben Diaş, Gerreyru (Joau Kanselu, 51), Otavio (Vitinya, 69), Bernardu Silva, Ruben Neveş (Ronaldu, 51), Brunu Fernandeş, Joau Feliş, Gonsalu Ramuş (Rafael Leau, 69).
Ogohlantirişlar: Dari (70), Vitinya (87).

Yana Ramuş

Kriştianu Ronaldu qatorasiga ikkinçi bor boşlanğiç tarkibdan örin olmadi. Santuş Şveytsariyaga qarşi öyinda het-trik qilgan Gonsalu Ramuşga yana işonç bildirdi. Avvalgi öyin oldidan murabbiy Ronaldu bilan alohida gaplaşib olgani ma’lum bölgandi. Pley-off startidagi öyinda boşlanğiç tarkibdan örin olmasligi haqida sardor öyin kunidagi tuşlik vaqtidayoq xabardor bölgandi. Öyindan söng OAVda portugaliyalik yulduz jamoa qarorgohini tark etmoqçiligi haqida xabarlar tarqalgandi. 68 yoşli mutaxassis esa bunday miş-mişlarni rad etdi.

«U sardor, Portugaliya futboliga juda köp narsa bergan aql bovar qilmas kölamdagi futbolçi. Men u bilan gaplaşib olişim kerak edi. Kriştianu rozi emasdi, çunki u doim startda tuşgan. Bu normal holat. Ammo muloqotimiz xotirjam keçdi va ikki tomon ham öz fikrini bildirdi. Unga zaxirada ötirişni qabul qiliş oson emas, ammo u terma jamoadan ketiş istagi haqida aytmagani aniq. Ronalduni tinç qöying. Portugaliya futboli uçun şunça iş qilgan inson sifatida u bunday munosabatga loyiq emas», — dedi murabbiy.

Marokaşliklarning yöqotişlari

Portugaliyalik yulduz bilan boğliq vaziyat haqida marokaşliklar boş murabbiyi Valid Rikrokiy ham munosabat bildirib ötdi. «Ronaldu öynaydimi, yöqmi, bilmayman. Umid qilamanki, öynamaydi. U tarixdagi eng yaxşi futbolçilardan biri, şuning uçun u bu öyinni ötkazib yuborsa xursand bölaman», — dedi mutaxassis. Va uning sözlari sof diplomatiyaga öxşardi. Yoki u maydonda ğazablangan va katta iştiyoqqa ega bölgan Kriştianuni körişdan çindan ham qörqardi.

Amalda «Atlas şerlari»ning öz muammolari yetarli edi. Ispaniya bilan öyinda muhim markaziy himoyaçi Agerd jarohat oldi, çorakfinal öyini arafasida esa Mazraui betob bölib qoldi. Ularning holati şu darajada ediki, qançalik istaşsa ham, ular Marokaş uçun tarixiy bölgan uçraşuvga çiqa olmasdi.