Sovuq tuman 11 dekabr kuni Qarşi aeroporti faoliyatini vaqtinça çekladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.
Köriş çegarasining pasayib ketişi (gorizontal 200 metr, vertikal 50 metr) Qarşi xalqaro aeroportida reyslarni qabul qiliş va jönatişni çeklab qöygan.
Uzbekistan Airports’ning Toşkent—Qarşi yönalişi böyiça, soat 08:00 da uçişi kerak bölgan HY-77 reysi hali ham poytaxtdan uça olmagan.
Qarşi aeroportidagilarning ma’lum qilişlariça, köriş masofasi asta-sekin yaxşilanmoqda. Aeroport yaqin ikki soat içida samolyotlarni qabul qiliş va uçirişga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişi mumkin.

















