Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi yong‘inda fuqaro vafot etdi
Andijon tumanidagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, yana biri shifoxonaga yotqizilgan.
Tuman hokimligi axborot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 12 dekabr kuni soat 13:41da Andijon tumani “Sanoat” MFY Sanoatchi ko‘chasi 34-uyda yong‘in boshlangan.
Yong‘inni bartaraf etish choralari ko‘rilib, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:43 da voqea joyiga yetib keldi va yong‘in soat 13:46 da qurshab olinib, soat 14:04 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida ushbu xonadonda yashovchi 1959 yilda tug‘ilgan M.Abdullayeva olgan tan jarohati sababli voqea sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. Farzandi 1991 yilda tug‘ilgan Z.Abdullayev 85% kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Yong‘inda yashash uylarining 40 m kv qismi yonib zararlangan. Aniqlanishicha, yong‘in isitish pechidan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan.
Yong‘inni zudlik bilan bartaraf etishda yashash uylarining 200 m kv qismi saqlab qolingan.
Mavzuga oid
14:04
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
08:19 / 06.06.2026