Qayd etilişiça, bugun, 12 dekabr kuni soat 03:34 da Toşkent şahar Şayxontohur tumani «Örda» MFY, Paxtakor köçasida joylaşgan «Ilhom» teatri binosida yonğin sodir bölayotgani töğrisida şahar FVBga xabar kelib tuşgan.

Şunga köra, 4 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 03:39 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 03:58 da qurşab olingan va soat 04:00 da öçirilgan.

Yonğin natijasida teatr binosi 1-qavat hollining 80 kvadrat metr maydonda içki qismi va jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar sababli yonğindan binoning 600 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.