Qatardagi boş media markazga yaqin bölgan joyda kimdir kema yelkanlariga, kimdir tuyaning örkaçiga öxşatadigan ajoyib bino bor. Bu Qatardagi eng maşhur Sidra kasalxonasidir. Uning dizayni ustida Nyu-Yorkdagi butunjahon moliya markazi va Malayziyadagi maşhur Petronas qöşminorasi arxitekori Sezar Pelli işlagan.

Ammo bugun tört tomoni yaşillik bilan öralgan ajoyib kasalxona haqida emas, uning oldidagi boşqa me’morçilik şedevri haqida gaplaşamiz.

Insoniyatga qöyilgan haykal

Kasalxonaning yonginasida, juda katta hajmdagi 14 ta bronza haykal borligini uzoqdan payqaş mumkin. Çunki bu haykallar 5 metrdan 14 metrgaça kattalikda! Haykallar jamlanmasi bitta yodgorlik kompleksida mujassamlangan. Uning nomi «möjizaviy sayohat». Sayohat bölganda ham noodatiy, har bir tirik jon bosib ötgan yöl – ona qornidagi öziga xos sayohat.

Yodkorlik boşidagi haykallarda avvaliga ayol va erkakning hujayralari qöşilib bola qanday paydo bölişi, keyinçalik ona qornida qanday şakllarga kirib borişi va oxirida çaqaloq bölib tuğilgani aks etgan.

Me’mor Damian Horst skulptura ustida 2005 yildan 2013 yilgaça işlab, oçiliş marosimi 2018 yilda ötkaziladi. Sidra mehmonxonasi oldida 14 ta havo şari paydo bölib, ularning har biri tantanali musiqa sadolari ostida oçiladi va 14 ta haykal namoyon böladi.

Aytişlariça, Qatar amirining singlisi Mayassa binti Hamad Angliyaga taşrifi davomida me’mor Horstning studiyasiga borgan va öşa yerda haykallarning çizmasini körib, hayratlangan. Me’morga loyihani moliyalaştirib, uni Sidra kasalxonasi oldiga örnatişni taklif qilgan. Şu tariqa bronzadan yasalgan va umumiy oğirligi 216 tonna bölgan yodkorlik Qatarning eng maşhur madaniy obektlaridan biri ölaroq Sidra kasalxonasi oldida qad rostlagan. Loyiha Qatar uçun 20 million dollarga tuşgan.