Tadbirda vazir örinbosarlari va maslahatçilari, TIV bölinmalari va idoraviy mansub taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi.

Taşqi işlar vazirligiga yuklangan vazifalar ijrosi jarayoni tanqidiy tahlil qilinib, TIV faoliyati natijadorligini oşirişga tösqinlik qilayotgan muammolar örganildi.

Vazirlik tizimi kadrlar salohiyatini mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi.

Personalni boşqariş mexanizmlarini takomillaştiriş, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda xodimlar malakasini oşiriş, yoş mutaxassislarni jalb etiş, “TIV Markaziy apparati – xorijdagi diplomatik faoliyat – akademik faoliyat” tamoyili böyiça diplomatik kadrlarni rotatsiya qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar muhokama qilindi.