Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatidagi podstansiyada yong‘in yuzaga keldi
Yong‘in oqibatida Toyloq tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi «Bog‘izag‘on» podstansiyasida yong‘in yuzaga keldi. Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
«Bugun, soat 20:18 da Toyloq tumanidagi «Bog‘izag‘on» podstansiyasidagi transformatorda yong‘in yuzaga kelgan. Buning natijasida tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda. Hozirda mutaxassislar tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi», deyiladi vazirlikning 11 dekabr kungi xabarida.
FVV matbuot xizmati ham holat yuzasidan ma’lumot berdi.
«11 dekabr kuni soat 19:51 da Samarqand viloyati Toyloq tumani «Bog‘izag‘on» MFYda joylashgan 16 ming kVt NIM podstansiyasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra ikkita yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 20:08 da yetib borgan va yong‘in soat 21:40 o‘chirilgan», deyiladi xabarda.
Yong‘in natijasida podstansiyani ichidagi moyi yonib zararlangan. Hech qanday portlash holatlari ro‘y bermagan. Yong‘indan yon-atrofdagi binolarga zarar yetmagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Energetika vazirligi 12 dekabr kuni Toyloq tumanida yonib ketgan transformator yangisiga almashtirilayotgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Kechaning o‘zida mazkur yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Hozirda shikastlangan 16000 kVA transformator o‘rniga 20 000 kVA transformator keltirilib, o‘rnatish ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
Jahon | 07:46 / 23.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 20:59 / 22.08.2025
Tramp, dollar va so‘m: AQSh valutasida pul jamg‘arish endi avvalgidek jozibali emasmi?
Iqtisodiyot | 20:54 / 22.08.2025
AQSh 55 milliondan ortiq viza egalarini tekshiradi
Jahon | 10:08 / 22.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv orollarida kuz - chegirmalar va bonuslarga ega mehmonxonalar
O‘zbekiston | 13:00 / 26.08.2025
-
Toshkentdagi klinikada yuz bergan fojia bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Jamiyat | 23:51 / 26.08.2025
-
Tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim va har bir mahallaga futbol maydoni – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 26.08.2025
-
2026 yildan boshlab Android noma’lum dasturchilarning ilovalarini bloklaydi
Fan-texnika | 23:10 / 26.08.2025
Mavzuga oid

14:22 / 19.08.2025
“Islom sivilizatsiyasi markazida nodir eksponatlar saqlanmagan” - FVV

12:39 / 19.08.2025
Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in yuz berdi

09:15 / 19.08.2025
Minorai Kalon oldidagi oshxonada yong‘in chiqdi

23:22 / 17.08.2025