Uçtepa tumanidagi qator obektlarni közdan keçirgan davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev ayni paytda tuman faollari va mutasaddilar bilan uçraşib, muammolarni muhokama qilmoqda.
“Hamma narsaning yeçimi mahallada. Men ham prezident bölsam-da, mahallada yaşayman, mening mahallamda ham rais bor. Mahalla raisidan: “Bahodir aka, işlaringiz yaxşimi? Mahallada nima gaplar? Menga qanday savollar bor?” deb sörab turaman. Toşkentdagi hamma muammolarni şaxsan özim kuzatib boraman. Nafaqat Toşkent, butun mamlakat böyiça örganib boraman. Svet, gaz muammolarini yaxşi bilaman. Toşkent şahrida svet-gaz muammosi bölmasligi kerak. Hammasi yetarli darajada ajratilgan, faqat öz örnida işlatişni biliş kerak”, – dedi davlat rahbari.

Şavkat Mirziyoyev yildan yilga elektr energiyasiga ehtiyoj ortib borişi, avvalo zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş kerakligini ta’kidladi.
“Mana, bugun borgan qozonxonamizni qarang. Yarim tumanning sveti ketadi u yerga. Yangi texnologiyalarni joriy qilişni jadallaştirişimiz kerak.
Bundan taşqari, 34 ta yirik elektr akkumulyatorlarini keltirmoqçimiz. Bu barqaror elektr energiya bilan ta’minlaşga yordam beradi. Har bir tumanga tarqatamiz. Albatta, qiyinçiliklar bor. Lekin sabr bilan, muammolarning yeçimini izlab topib, bu sinovlarni yengib ötişimiz kerak”, – dedi davlat rahbari yiğilganlarga qarata.

















