Prezident Şavkat Mirziyoyev ftiziatriya va pulmonologiya sohasini rivojlantiriş, OITS kasalligining oldini oliş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.

«Davlatimiz rahbarining 2019 yil 13 fevraldagi qarori bilan ftiziatriya va pulmonologiya yordami körsatiş tizimini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar qabul qilingan edi. Bu sezilarli natija berib, kasallanganlar umumiy soni 2 mingtaga kamaydi. Yangi kasallaniş holati 10 foizga, ölim holati 17 foizga qisqardi.
Lekin sönggi yillarda koronavirus epidemiyasi sababli yurtimizda öpka kasalliklari böyiça dispanser nazoratidagi bemorlar soni 18 foizga oşgan.
Hududlarda tuberkulyoz böyiça 5 xil yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga talab bölsa-da, bu xizmatlar faqat Toşkent va Nukus şaharlarida töliq yölga qöyilgan.
Odam immuniteti tanqisligi virusi bilan kasallaniş holatlari ham, afsuski, köpaymoqda. Bu, ayniqsa, Toşkent şahri, Andijon va Samarqand viloyatlarida dolzarb.
Şu bois yiğilişda mazkur ikki sohadagi navbatdagi çora-tadbirlar mutaxassislar iştirokida muhokama qilindi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident kelgusi yildan boşlab «Öpka salomatligi» mobil brigadalarini taşkil etib, çekka hududlarda bolalarni skrining tekşiruvlaridan ötkaziş böyiça topşiriq berdi.
Tuberkulyoz infeksiyasining molekulyar-genetik diagnostikasini, yaşirin infeksiyasi bor bemorlarni aniqlaş va profilaktik davolaş qamrovini oşiriş zarurligi ta’kidlandi.
Viloyat hokimlariga hududlardagi Ftiziatriya sihatgohlarini ta’mirlaş va jihozlaş, bakteriologiya laboratoriyalarini taşkil etiş topşirildi.


Soğliqni saqlaş vazirligiga tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni dori vositalari bilan bepul ta’minlaş vazifasi qöyildi. Bunga davlat budjetidan 40 milliard söm ajratiladi.




















