Vazirlar Mahkamasining “Köp kvartirali uylarni boşqariş faoliyatini amalga oşiriş qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qaroriga özgartiriş kiritiladi.

Unga köra, köp kvartirali uydagi umumiy mol-mulk ayrim qismlari, yertölalar, tom va devorlar joylar mulkdorlariga yoki boşqa şaxslarga ijaraga umumiy yiğiliş qaroriga muvofiq beriladi va ijara tölovlari boşqariş organlariga tölanadi. Bunda ijara şartnomalari E-ijara elektron platformasida hisobga olinişi mumkin.

Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi tomonidan Mening uyim elektron platformasiga joylaştirib boriladigan ma’lumotlar köp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari şaxsiy kabinetida körinişi ta’minlanadi.

Öz boşqaruvida bölgan köp kvartirali uylarni kapital va joriy ta’mirlaş işlari “A” va “V” reyting toifasiga ega boşqaruvçi taşkilotlar tomonidan bevosita amalga oşirilişi mumkin.

2023 yil 1 yanvardan boşlab Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi tomonidan köp kvartirali uylarni boşqariş organlari reytingi har çorakda şakllantirib boriladi.

Taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’i nazar köp kvartirali uylarni boşqariş faoliyati bilan şuğullanuvçi barça yuridik şaxslar: Yagona milliy mehnat tizimiga ulanişi; har çorak yakuni bilan iş faoliyati töğrisidagi hisobotlarni Davlat soliq qömitasi hamda xodimlar örtaça oylik iş haqi töğrisidagi hisobotlarni Davlat statistika qömitasiga taqdim etişi şart.

Boşqariş organlari tomonidan quyidagi ma’lumotlar Mening uyim elektron platformasiga joylaştirib borilişi şart:

  • umumiy mol-mulk röyxati;
  • köp kvartirali uydagi umumiy mol-mulk ayrim qismlari, yertölalar, tom va devorlar joylar mulkdorlariga yoki boşqa şaxslarga ijaraga berilişi böyiça joylar mulkdorlari umumiy yiğilişi qarori bilan belgilangan tartib;
  • umumiy mol-mulkdan foydalanişdan, tijorat faoliyatini amalga oşirişdan va umumiy mol-mulk ayrim qismlarini realizatsiya qiliş va ijaraga berişdan olingan daromaddan (foydadan) foydalaniş va (yoki) uni taqsimlaş böyiça joylar mulkdorlari umumiy yiğilişi qarori bilan belgilangan tartib;
  • umumiy mol-mulkka egalik qiliş, undan foydalaniş va uni tasarruf etişdan olingan mablağlar töğrisida ma’lumotlar.