Yangi boşlayotganlar uçun IT-yönalişlaridan qay birini tanlaşni aniqlaş qiyin böladi. Ba’zilariga ixtisoslaşgan oliy ma’lumot talab qilinsa, boşqalariga esa köp yillik tajribasiz kiriş qiyin böladi. IT Park University mutaxassislari EPAM bilan birga, 4 oy içida egallaş mumkin bölgan sohalarni ajratib çiqişdi.
EPAM – dasturiy ta’minot işlab çiqiş böyiça jahon yetakçilaridan biridir.
Asosiy faoliyati bilan bir qatorda, kompaniya talabalar, amaliyotçilar va kasbini özgartirib IT sohasiga kirişga qaror qilganlarga bilim beriş bilan şuğullanadi. EPAM dasturçilari va muhandislari tomonidan tuzilgan va doimiy yangilanişda bölgan dasturlari IT-sohasi iş beruvçilari orasida hurmatga sazovor.
Şuningdek, 2022 yil noyabr oyida Learning Technologies Awards (Buyuk Britaniya) tomonidan "Eng yaxşi ta’lim texnologiyasi loyihasi – xalqaro tijorat sektori" nominatsiyasida EPAM bronzani qölga kiritdi.

Biznes-tahlilçi
Biznes-tahlilçi kasbi, tizimli-tahliliy fikrlaşga ega bölgan va yangi narsalarni örganişni yaxşi köradiganlar uçun yaratilgan. Bu kasb vakillari odatda, yirik tadbirkorlik - banklar, suğurta taşkilotlari, texnologiya kompaniyalari, savdo, sanoatda işlaydilar. Bunday iş beruvçilar, yuqori iş haqidan taşqari, xodimlarga qöşimça imtiyozlarni taklif qilişadi: mukofotlar, tibbiy suğurta, professional treninglar, korporativ tadbirlar.
Uşbu kasb vakili biznes-jarayonlarni örganadi, rivojlaniş uçun muammolar va imkoniyatlarni aniqlaydi va keyin samarali yeçimlarni işlab çiqişga yordam beradi. U kompaniyaning vazifa beradigan bölimlari va şu vazifani amalga oşiradigan işlab çiquvçilar örtasida "tarjimon" bölib xizmat qiladi.
Özbekistonda, biznes-tahlilçilarga dastlabki bosqiçda 7 mln sömdan, 25-27 mln sömgaça ösiş istiqboli bilan taklif qilişadi.
Java-dasturçisi
IT-loyihalarni joylaştiriş va hamkorlikda rivojlantiriş böyiça eng yirik şirkat bölgan Github’ning dasturlaş tillari reytingida Java ikkinçi örinda turadi. Java-dasturçilari banklar, onlayn-dökonlar, öyinlar, kompaniyalar, davlat xizmatlari uçun veb-saytlar va ilovalar yaratişadi. Twitter, Amazon, eBay va Minecraft, Assassin's Creed singari öyinlar şu dasturlaş tilida yozilgan.



















