Iste’molçilar talablari örganilib, ehtiyojni qondiriş maqsadida aynan 13 dekabr kuni 37 425 tonna AI-80 avtobenzin birja savdolariga qöyildi va töliq sotildi. Bunda, har bir tonna mahsulot uçun yagona narx 6 295 ming sömdan şakllandi (4 721 söm / litr).
Bugun, 14 dekabr kuni esa birja savdolari orqali 4 750 tonna AI-80 avtobenzin sotilişi rejalaştirildi.
Iste’molçilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan öz vaqtida yetkazib beriş uçun Buxoro neftni qayta işlaş zavodi tomonidan AI-80 rusumli avtobenzinini uzluksiz yuklab berilişi ta’minlanmoqda.
2022 yil 13 dekabr kuni tasarrufdagi neft bazalari orqali iste’molçilarga jami 4 212 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi. 2022 yil 14 dekabr holatiga tasarrufdagi neft bazalar, neftni qayta işlaş zavodlari va “UNG Petro” MÇJda 22,8 ming tonna avtobenzin qoldiqlari mavjud.
“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi topşiriğiga asosan, AYoQŞlarda avtotransport vositalariga navbat bilan mahsulot qöyiş, ularga belgilangan tartibda xizmat körsatiş, mahsulotlarni nostandart idişlarga qöymaslik, ta’minotda uzilişlarga yöl qöymaslik, xaridorlar bilan muloqotda odob va axloq qoidalariga amal qiliş qat’iy nazorat qilinmoqda.
“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatiⓉ
















