“Forbs”ning röyxati 4 ta jihatni hisobga olgan holda tuzilgan: boylik, media, samaradorlik va ta’sir doirasi.
Siyosiy liderlar öz mamlakatlarining YaIM va aholi soniga qarab, korporativ rahbarlar esa xodimlar soni va daromadiga qarab röyxatga kiritilgan.
Pandemiya va uruş davridagi yetakçi
Yevropa komissiyasi prezidentligiga 2019 yilda kelgan Ursula fon der Lyayyen oğir vaziyat – koronavirus pandemiyasi davrida, hozir esa Rossiya-Ukraina uruşi davrida rahbarlik qilmoqda.

Ursula fon der Lyayyen yiliga 300 milliard dollar mablağni boşqaradi, 450 million aholisi bölgan 27 ta Yevropa davlati rahbarlari bilan konsensusga erişiş uçun işlaydi.
Forbsning ötgan yilgi röyxatida Yevrokomissiya prezidenti sakkizinçi örinda bölgan. Bu yil uning birinçilikka çiqişida naşr uruş vaqti Ukrainani dadil qöllab-quvvatlagani va pandemiya davridagi faoliyatini hisobga olgan.
Fon der Lyayyenning Ukrainaga qöllovi juda tez amalga oşdi. Putin Kiyev tomon ilk raketalarni jönatganidan bir hafta ötgaç Rossiya markaziy bankidan pul ötkazmalarini bekor qiliş, Yevropa osmonini rus samolyotlari uçun yopiş, Kremlga aloqador axborot agentliklarini taqiqlaşga va’da berdi. Aprelda Ukrainaga borib prezident Zelenskiy bilan körişgan Yevropaning yuqori reytingli rahbarlaridan biri böldi. May oyida esa Ursula fon der Lyayyen Yevropa rahbarlarini Rossiyaning qayta işlanmagan neftiga butunlay taqiq qöyişga çaqirdi. Garçi öşa payt bu taklif tanqidlarga uçragan bölsa-da, iyunga kelib u Rossiyadan Yevroittifoqqa neft importini 90 foizga çeklaydigan taqiqni e’lon qilişga muvaffaq böldi.
7 farzandning onasi – Yevropa lideri
Fon der Lyayyen 7 farzandning onasi, kasbi vraç. U ilk iş faoliyatini Germaniyada şifokor sifatida boşlagan. To 40 yoşga kirmagunça siyosatga aralaşmagan. Yevroittifoq prezidentining siyosiy karerasi mahalliy idoralarda işlaş va keyinroq Germaniya oila va yoşlar işlari böyiça federal vazir böliş bilan boşlanadi. Ayni şu payti Fon der Lyayyen german bolalar tibbiyot tizimida sezilarli yangiliklar qila oladi. 2013 yildan 2019 yilgaça esa Germaniyaning ilk ayol mudofaa vaziri sifatida işlaydi. Ayni paytda esa u Yevroittifoqni boşqarayotgan birinçi ayol hamdir.



















