Navoiy şahridagi AGTKSda yirik miqdordagi tabiiy gaz noqonuniy işlatilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, iste’molçilarning neft mahsulotlari va siqilgan gazga bölgan ehtiyojlarini qondiriş böyiça joylarda “Özneftgazinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va işçi guruh a’zolari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilgan. Tadbirlar davomida ayrim tadbirkorlarning noqonuniy xatti-harakatlari aniqlangan.
Jumladan, Navoiy şahridagi “Navoiy Boği Eram” MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasidagi elektron gaz hisoblagiçga taşqi ta’sir körsatilganligi ma’lum bölgan. Noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 1,548 ming kub metrni (1,548 mlrd söm) taşkil etgan.
Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiliş organi tomonidan jinoiy iş oçilgan.
Oldinroq Jizzaxda gaz tarmoğiga yaşirinça ulanib, davlatga 1,7 mlrd söm miqdorida zarar keltirgan ohak sexi aniqlangandi.

















