Chorva so‘yish bo‘yicha ayrim korxonalarga bozorlardan alohida joy ajratiladi

Foto: Kun.uz
Prezidentning “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangani munosabati bilan prezident ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezident ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritiladi:
- hududlardagi chorva mollarini so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarga ega va ularni yangidan ishga tushirayotgan korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida mazkur tashkilotlar tomonidan bilan ijtimoiy soha obektlariga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berishga doir qonunchilik hujjatlariga tegishli aniqliklar kiritish;
- noqonuniy faoliyat yuritayotgan chorva mollarini so‘yish korxonalari va qassoblar faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga moslash.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mavjud chorva mollarini so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarga ega korxonalarga ular joylashgan tuman va shahar markazlaridagi dehqon bozorlaridan go‘sht mahsulotlarini sotish uchun alohida joy ajratib berilishini ta’minlaydi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
Veterinariya qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
- bozor hududlariga olib kirilayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari nazoratini kuchaytirish va iste’molga yo‘naltirilayotgan go‘shtlarni maxsus QR-kod (VIS-BILLUR elektron axborot tizimi) bilan sotilishini ta’minlash bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshiradi;
- budjet tashkilotlari (kasalxona, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, maxsus maktab-internatlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar) tomonidan iste’mol qilinayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini chorva mollarini so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarga ega bo‘lmagan korxonalar (vositachi korxonalar, qassoblar) va boshqa ta’minotchilardan sotib olinishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
- budjet tashkilotlariga yetkazib berilayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini chorva mollarini so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarga ega korxonalar tomonidan so‘yilganligi va maxsus QR-kod (VIS-BILLUR elektron tizimi) bilan ro‘yxatdan o‘tgani yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatadi;
- Veterinariya qo‘mitasi va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi VIS-BILLUR elektron tizimidan to‘liq ro‘yxatdan o‘tgan va budjet tashkilotlariga go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetkazib beradigan chorva mollarini so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarga ega korxonalar ro‘yxatini shakllantiradi va doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;
- Moliya vazirligi budjet tashkilotlariga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish shartnomalarini Veterinariya qo‘mitasi va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi maxsus ro‘yxati asosida shakllantirilgan zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarga ega korxonalar tomonidan tuzilganini nazoratga oladi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yilning eng uzun o‘yini: «Chelsi» va «Benfika» bahsi boshlanganidan 4,5 soat o‘tib yakunlandi
Sport | 13:36
-
«Qotil» ekologiya, mashhurlar ortiga yashiringan firibgarlik va amaldorlarga majburiy til
Jahon | 12:28
-
Eco Expo Central Asia 2025 ko‘rgazmasi doirasida 120 dan ortiq kelishuv imzolandi
O‘zbekiston | 11:47
-
🔴 LIVE: NATO qurollanmoqda. Putin nima deydi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:05
Mavzuga oid

17:14 / 12.06.2025
“Yem-xashakka ketgan pullarni chiqarib olish ham osonmas” – uyida qoramol boqayotgan chorvadorlar

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

10:02 / 16.04.2025