Moldova hukumatining Favqulodda vaziyatlar komissiyasi 16 dekabr, juma kuni oltita telekanal - TV6, Orhei TV, Primul in Moldova, Accent TV, NTV Moldova va RTR Moldova telekanallarining litsenziyasini favqulodda holat muddatiga töxtatib qöydi. Mazkur çora 19 dekabrdan kuçga kiradi. Qaror axborot makonini himoya qiliş va dezinformatsiya xavfining oldini oliş maqsadida qabul qilindi, deya tuşuntirdi Kişinyov.
Uşbu ommaviy axborot vositalari Moldovaning özida sodir bölgan voqealarni, şuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi bilan boğliq voqealarni bir yoqlama yoritgan holda Audiovizual xizmatlar kodeksini bir neça bor buzgan, deb ta’kidladi respublika boş vaziri Natalya Gavrilitsa. Qöşni davlatda uruş boşlanganidan deyarli 10 oy ötgaç, Moldovada taşviqot töxtamadi, aksinça, kuçaydi, deya qöşimça qildi hukumat rahbari.
Moldova prezidenti Mayya Sandu hukumat pozitsiyasini qöllab-quvvatladi. Kişinyov uçun ustuvor vazifa mamlakatda tinçlik va barqarorlikni saqlaş, dedi u. Milliy axborot makonini himoya qiliş «xalqaro sanksiyalar ostida qolgan şaxslar tomonidan beqarorlaştirişga urinişlarning oldini oliş böyiça muhim qadamdir», deb tuşuntirdi davlat rahbari.
Ukrainada uruş boşlanişi munosabati bilan 24 fevral kuni Moldovada favqulodda holat joriy etilgan edi. Öşandan beri favqulodda holat bir neça bor uzaytirildi.
Iyun oyida Moldovada axborot xavfsizligi töğrisidagi qonun kuçga kirdi, unda Rossiya ham öz içiga olgan Transçegaraviy televideniye töğrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan mamlakatlarning yangiliklari va tahliliy dasturlari taqiqlanadi.

















