Qahramon Sariyev prezident maslahatchisining o‘rinbosari bo‘ldi
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.

Qahramon Sariyev / Foto: Kun.uz
Qahramon Sariyev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bungacha Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi edi.
Qahramon Quronboyev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi (bu lavozim tugatilgan).

Umar Ismoilov prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi (bu lavozim tugatilgan).
Ulug‘bek Muhammadiyev davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shu tariqa, prezidentning davlat xizmati va aholi bilan muloqot yo‘nalishlaridagi ikki maslahatchisi lavozimi birlashtirilib, yangi lavozim – prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Bu yangi lavozimga o‘tgan oyda Sirdaryo viloyatining sobiq hokimi G‘ofurjon Mirzayev tayinlangan edi.
Endilikda Qahramon Quronboyev va Qahramon Sariyev Mirzayevning birinchi o‘rinbosarlari, Umar Ismoilov va Ulug‘bek Muhammadiyev esa o‘rinbosarlari bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

10:54 / 12.03.2025