Saudiya Arabistoni suveren jamğarmasi (PIF) poytaxt Ar-Riyoz yaqinida balandligi 2 kilometr bölgan osmonöpar binoni qurişni rejalaştirmoqda. U Dubaydagi (BAA) 828 metrlik Burj Xalifa binosidan ikki barobar baland böladi. 

Ayni paytda Saudiya Arabistonidagi eng baland bino Makkadagi Abraj al-Bayt köpqavatli binolar majmuasiga kiruvçi soat minorasi bölib, uning balandligi 601 metrni taşkil qiladi. 

Bölğusi osmonöpar binoning umumiy maydoni 18 ming kvadrat metrni taşkil qiladi. Loyihaning taxminiy qiymati 5 milliard dollarga teng. 

Mamlakat rasmiylari allaqaçon tender e’lon qilgan. Unda iştirok etişning narxi 1 million dollar bölib, Skidmore, Owings & Merrill, Adrian Smith & Gordon Gill Architecture, Kohn Pedersen Fox va Gensler (AQŞ), Killa Design (BAA), şuningdek, Egis (Fransiya) tarkibiga kiruvçi 10Design kompaniyalari ariza topşirgan.