Ular şuningdek, Özbekiston kadrlar siyosatidagi muammolar nimadan iboratligi borasida ham tahliliy fikrlarini bildirib ötdi.
Iqtisodçi Abdulla Abduqodirovning ta’kidlaşiça, Özbekistondagi hozirgi şaroitni özgartiriş uçun çet eldan kelgan har bir mutaxassisning berayotgan taklifiga e’tiborni kuçaytiriş kerak.
“Buning bir neça yöllari bor. Birinçidan, uning yoniga tajribali, boşqaruvda kuçi bor, eski tizimni yaxşi biladigan bir insonni qöyiş kerak. U eski va yangi tizimni soliştirib, yaxşiroq qarorlar qabul qilişga yordam beradi.
Lekin olib kelingan kadr bu taklifni öz vaziriga emas, jamoatçilikka olib çiqişi kerak. Eng yomoni va açinarlisi hozir çetdan kelgan zör-zör kadrlar bilan işlaydigan odam yöq. Ularning gapini eşitadigan odam yöq.
Öz tajribamdan bilaman, 1998 yilda çet eldan kelgan xorijiy kompaniyani PR menejyer sifatida yollaşgan. Birinçi ikki oylikda ular bilan uçraşişga vaqt bölmagan. Ayb menda bölgan. Ikki oy davomida ular şunçaki yurgan. Takliflar bilan çiqyapti, eşitadigan odam yöq.
Bir kuni kompaniya rahbari jahl bilan qattiq-qattiq, nafsoniyatimga tegadigan gaplarni gapirdi. Lekin keyin özimga aytdim, gapi töğri-ku. Ular keldi, biz unga pul tölayapmiz, lekin gapini eşitmayapmiz. Şuning uçun ğururimni bosdim-da, uning gapini eşitdim. Işonasizmi, u menga qanday zör ğoyalarni berdi. Ya’ni men qilayotgan işimga özgalarning közi bilan qarab kördim va juda jirkandim. Aynan öşa nuqtayi nazar tufayli faoliyatimga juda katta özgarişlar kiritdim.
Savolingizga javob şu: ularning yoniga tajribali bir adibni qöyib, ularning fikrini kengroq muhokamaga olib çiqiş yöllarini izlaş kerak.
Ikkinçidan, yuqori elita ham bunday debatlarga tayyor bölişi kerak. Men köp vazirlarni köraman. Ular u selektordan bu selektorgaça yaşaydi. Xodimlar bilan uçraşib, ularni eşitib, fikrlarini jamlaşga ham vaqti yöq. Faqat hisobot tayyorlaş bilan ovora bölib qolyapti”, — dedi tahlilçi.
U fikrlari davomida şuningdek, çetdan çaqirilgan vatandoşlar tajribasi va potensiali bugun bizning elitada qançalik xohlanyapti, deya berilgan savolga ham javob qaytardi.
“Menimça, birinçi hokimiyatda bu savolga töğri javob topilgandi. U paytda vazirliklararo koordinatsiya tizimi bölardi. U yerda köplab “umidçilar” ham bölardi va ular öz fikrlarini ayta olardi. Afsuski, bu tajriba uzoqqa bormadi, uç yilça davom etdi va tugadi. Bu tajriba bor edi bizda.











