Auksionga qöyilgan Respublika onkologiya markazi hamda uning Toşkent şahri va Toşkent viloyati filiallari savdosi bugun bölib ötişi kerak edi. Uçta şifoxona ham buyurtmaçining bildirgisiga asosan savdodan olingan.

Respublika onkologiya markazi hamda uning Toşkent şahri va Toşkent viloyati filiallari hukumatning yaşirin qaroriga asosan bino-inşootlari bilan sotuvga qöyilgani köplab muhokamalarga, jamoatçilik e’tiroziga sabab böldi.

Auksionga qöyilgan şifoxonalarning savdosi bugun, 19 dekabr kuni bölib ötişi kerak edi. Lekin buyurtmaçining bildirgisi bilan savdo vaqtinça töxtatilgan va lotlar savdodan olingan. 

Oldinroq Kun.uz manbasi markazning Toşkent şahri va Toşkent viloyati filiallari binolari sotuvdan olingani, auksionda faqat Respublika onkologiyasi markazi binosi sotilişi, markaz yangi qurilayotgan onkologiya kompleksiga köçib ötişini bildirgandi.