Germaniyaning Itsexo şahri tuman sudi 20 dekabr, seşanba kuni Ştuttxof konslagerining sobiq kotibini ikki yillik sinov muddatiga hukm qildi. Sudyalar 97 yoşli sudlanuvçi Irmgard F. 1943 yildan 1945 yilgaça 10 000 dan ortiq odamni öldirişda şerik bölganini aniqladi. Sud prokuror talabini qanoatlantirdi. Himoya tomoni oqlov hukmini talab qildi.
«Ayblanuvçiga bir neça ming qotillikka yordam bergani uçun hukm çiqarildi», dedi advokat Xans-Yurgen Forster. U konslagerda omon qolgan tört kişiga birgalikda da’vogar sifatida himoya qilgan. Uning fikriça, «davlat jinoyat qonuni bundan ortiq narsani qila olmaydi».
Irmgard F. ustidan sud jarayoni 2021 yil 19 oktyabrda boşlangan. Ayol 30 sentabr kuni sudga kelişi kerak edi, ammo ayblanuvçi kelmagani uçun majlis qoldirildi. Sud uni hibsga oliş uçun order berdi. Ayblanuvçi özining yakuniy bayonotida aytganidek, u «bölib ötgan hamma narsadan va öşa paytda u Ştuttxofda bölganidan afsusda».
1943 yil iyunidan 1945 yil apreligaça Irmgard F. konslager komendaturasida kotib bölib işlagan va boşqa işlar qatori bevosita komendant Pol-Verner Xoppe bilan birga faoliyat yuritgan. Keyinçalik, Xoppe 1950-yillarda sudlangan, Germaniyada bir neça yil qamoqda ötirgan, şundan keyin muddatidan oldin ozod qilingan.
Uşbu sud jarayoni - bugungi Germaniyadagi yagona şunday sud emas. 2020 yil iyul oyida Hamburgda Ştuttxofning sobiq qöriqçisi Bruno D. sudlangan edi, hukm öqilgan paytda u 93 yoşda bölgan.

















