Amersfort konslageridagi özbek askarlari. Ulardan birinçisining şaxsi aniqlandi
|02:18 / 17.10.202161 01010 min
II jahon uruşi davrida Niderlandiyadagi konslagerga taşlanib, dahşatli qiynoqlarga solingan va aksariyati özbeklar bölgan 101 noma'lum askardan birinçisining şaxsi aniqlandi. U – Navoiy viloyatidan bölgan öqituvçi. Kun.uz şu yangilik sabab bölib mazkur voqea haqida jamoatçilikka töliqroq ma'lumot berişga qaror qildi.
Ikkinçi jahon uruşi davrida jami 1 million 951 ming özbekistonlik frontga safarbar etilgan. Öşa payt Özbekiston aholisi 6,5 million edi. Har 3 nafar vatandoşimizning bittasi qöliga qurol olib jangga otlangan.
Uruşga ketganlarning birgina orzusi duşmanni tezroq yengib, ğalaba bilan vatanga qaytiş edi. Lekin orzular har doim ham uşalavermaydi. Ayniqsa, uruşda...
Özbekistondan uruşga ketganlarning 500 mingdan köproği halok böldi, 158 mingdan ortiq kişi bedarak yöqoldi.
Uruşdan qoraxat kelganlarga aza oçilgan bölsa, bedarak ketgan askarlar yaqinlarining musibati undan ham oğirroq bölgan. Ular daragi çiqmagan askar öğlini, askar turmuş örtoğini, askar otasini, “balki kelib qolar”, deya bir umr kutgan, yillab izlaşgan.
Bedarak ketganlar orasida 101 askarning taqdiri hammasinikidan ham boşqaça. Ular 1941 yilda Germaniya sovet ittifoqi hududiga bostirib kirganining dastlabki haftalarida Smolensk ostonasida asirga olingan va natsistlar tomonidan okkupatsiya qilingan Niderlandiyaga propaganda maqsadlarida jönatilgan.
Örganişlar asosida şaxsi noma'lum bölgan 101 aksarning aksari özbekistonlik ekani aniq böladi. Konslagerda natsistlar 101 asirga boşqalarga qaraganda qöpolroq muomalada böladi, ularga quyi darajadagi odamlar deb qaraşadi, Asirlar natsistlarga dahşatli bir rejani amalga oşiriş uçun kerak edi.
23 yillik tadqiqot
Niderlandiyalik jurnalist, tarixçi Remko Reyding 101 noma'lum askar haqida birinçilardan bölib tadqiqotlar olib borgan.
Foto: Remko Reyding
“Bundan 23 yil oldin talaba paytimda şahrimiz yaqinida sovet askarlari qabristoni borligidan xabar topdim. Askarlarning barçasi unutilgan, ularning şaxsini heç kim bilmasdi.
Qabristonga borib kördim, u yerdagi 865ta kulrang toşli qabrga qarab, bu yerda kömilgan askarlarning yaqinlari hali ham ulardan yangilik kutayotganini, ularning yaqinlari otasi yoki bobosi izsiz ketmaganidan bexabar ekanini tuşundim. Şaxsi noma'lum bölgan askarlar uçun nimadir qilişni niyat qildim”, deydi Remko Reyding.
Mavzuga oid
Remkoning aytişiça, u qabristonda noma'lum askar sifatida dafn etilgan 101 askarning asosiy qismi özbeklar ekanini aniqlaydi va 23 yil davomida ular bilan nimalar sodir bölganini, Niderlandiyada bu askarlar guruhining hayotiga qanday yakun yasalganini örganişga harakat qiladi.
“Meni nega bu askarlarning hammasi öldirilgani, nemislar ularga nima sababdan juda qöpol munosabatda bölgani qiziqtirardi. Maqsadim esa 101 askarning şaxsini aniqlaş, yaqinlarini topiş va askarlarning qarindoşlariga ularning otasi yoki bobosi ortiq bedarak emasligini, Niderlandiya yerlariga kömilganini aytişdan iborat edi. Askarlarning şaxsini aniqlaş uçun juda köp harakat qildim. Niderlandiya, Rossiya va Özbekistonda tadqiqotlar olib bordim. Va yaqinda biz 7 nafar askarning şaxsini aniqlaş imkonini beradigan faktlarni topdik. Ularning aksari – Özbekistondan. Askarlarning qarindoşlari topilişidan va ularga bobolari haqida ma'lumot berişdan umidvormiz”, deydi tarixçi.
Insoniylik sinovi
Amersfort konslagerida 101 asirga öta şafqatsiz bölişadi. Ular ataylab, natsistik ğoyalarga qarşilik qilayotgan hollandlarga körsatiş uçun osiyoça körinişga ega bölgan askarlarni yiğib olişgan. Natsistlar ularni untermenschen — çala inson deb atab, hollandlar bunday sovet fuqarolarini körsa nemislar taraf bölib qoladi, deb öylaşgan.
Dastlabki uç kunda özbeklarni lagerda ovqatsiz, oçiq osmon ostida, simtikan bilan öralgan hududda saqlaşgan. Maqsad: bir bölak non uçun bir-birining göştini yegan odamlar holati tasvirga olinib, videodan propaganda vositasida foydalanişdan iborat edi. Lekin 101 vatandoşimiz natsistlarning bu rejalarini çippakka çiqaradi. Ular nemislar kutganday non deb bir-birini öldiriş darajasiga borişmaydi, 3 kun hatto tuz totmagan bölişsa ham, sabr bilan nonni teng bölib, bir-biriga uzatişadi.
Matonatli bu askarlarning 24 nafari 1941 yilning qahraton qişidan çiqolmay oçlik va kasallikdan halok böladi, qolgan 77 nafarini 1942 yil 9 aprelda natsistlar otib taşlaşadi.
“101 vatandoş izidan” loyihasi
Özbek xalqining matonati va millatga xos alohida xususiyatlarini natsistlar oldida körsatib qöygan vatandoşlarimizning şaxslari noma'lum, ularga tegişli juda kam ma'lumotlar bor edi xolos.
2020 yilda Navoiy viloyati hokimligi taşabbusi bilan 101 askarning şaxsini aniqlaş va ularga tegişli ma'lumotlarni örganiş uçun alohida loyiha taşkil etildi.
Foto: Navoiy viloyati hokimligi
“Viloyatdoşimiz Jonibek Şuhratov tomonidan 101 vatandoşimizning şaxsini aniqlaş haqida loyiha taqdim etilgaç, viloyat hokimi Qobil Tursunov qöllab-quvvatladi. Şundan söng alohida ekspeditsiya taşkil qilib, Niderlandiyaga borib arxiv materiallari bilan tanişib kerakli ma'lumotlarni oldik”, deydi Navoiy viloyat hokimining Investitsiya böyiça maslahatçisi Nazirjon Jörayev.
“101 vatandoş izidan” loyihasi tarixçi Remko Reyding bilan hamkorlikda 101 askardan eng birinçisining qarindoşlarini topdi.
“Dastlab, faqat 2 nafar askarning çizmasi bor edi. Öşa çizma asosida askarlarning yaqinlarini izlaşni boşlab yubordik. 2021 yilning örtalariga kelib, 101 askardan birining qarindoşlariga xat yoziş maqsadida ism-familiya va adresini yozgan qoğoz topildi. Ayni mana şu qoğoz asosida askarning qarindoşlari Navoiy viloyati, Xatirçi tumanidan topildi”, deydi Nazirjon Jörayev.
Ilk askarning qarindoşlari topildi
Rayim Salomov – 101 noma'lum askar guruhidagi şaxsi aniqlangan ilk askar. U 1922 yil Navoiy viloyati Xatirçi tumanida tuğilgan. Uruş boşlangunga qadar öqituvçilik qilgan. 1941 yilda Ikkinçi jahon uruşiga jönatiladi va bedarak ketadi.
Tadqiqot davomida Rayim bobo xat yoziş uçun uy manzilini yozgan qoğoz topildi va şu ma'lumotga tayanib, 80 yil deganda uning yaqinlari topildi.
Uruş boşlanganda Rayim bobo va uning rafiqasi Muşarram aya bor-yöği 3 oylik kelin-kuyovlar edi. Muşarram aya Rayim boboni bir umr kutadi, eri uruşga ketgandan söng tuğilgan qizining ismini ham otasi uruşdan kelsa körib xursand bölsin deya, Xursand qöyadi. Lekin Rayim bobo uruşdan qaytmadi, 80 yil ötgaç unga tegişli bir parça qoğoz qaytib keldi xolos. Otasini kutib katta bölgan Xursand aya ham bundan 2 yil oldin vafot etgan.
Rayim Salomov va uning oilasiga oid barça ma'lumotlar Xatirçi tuman Mudofaa işlar bölişi va tuman FHDYo bölimi arxivida mavjud.
Roziya Jörayeva – Amersfort lagerida halok bölgan Rayim Salomovning jiyani. U toğasi uruşga ketgandan söng tuğilgan, lekin uruşdan keyingi voqealarni eng köp eslay oladigan oila a'zosi.
“Buvim toğam uruşga ketgandan söng kuçsiz bölib kasal bölib qoladi. Toğamdan qolgan bittagina suratni sandal ustida çoynakka suyab qöyib termilib-termilib jon bergan ekan (surat saqlanib qolmagan). Oytim (yangam) ham toğamni bir umr kutdi. Eri uruşga ketganda qornida bolasi bilan qolgan kelinçak boşqa turmuş qiliş haqida heç öylamagan. Şu farzandini katta qilib, toğamni kutib 56 yoşida vafot etdi. Oytim butun umr boşi mehnatdan çiqmasdan ötdi”, deydi közda yoş bilan Roziya aya.
Rayim Salomovning yana bir jiyani (ukasining öğli) Şerali Salomovning aytişiça, uruş tugagaç otasi amakisini ança payt qidiradi, Ukrainaga ham borib keladi. Ammo daragini topa olmaydi.
Marhum askarning yolğizgina qizi Xursand aya ham bundan 2 yil oldin vafot etgan. Biroq Xursand momodan 9 farzand, bir etak nabira qolgan.
Ular garçi bobosini körmagan bölsa-da, onasi intizor kutgani va doim iliq xotirlagani uçun bobosining daragi topilganidan xursand. Ayniqsa, ularning bobosi natsistlar oldida matonat va insoniyligini yöqotmagan 101 askar safida bölganidan ham faxrlanişmoqda.
Qolgan askarlarning ham şaxsi aniqlanadi
Remko Reyding hozirça jami 7 nafar askarning şaxsini aniqlaş imkonini beradigan ehtimoliy dalillar mavjudligini qayd etdi. Rayim Salomov – ana şunday dalillar asosida şaxsi aniqlangan birinçi askar. Qolgan askarlarga tegişli ma'lumotlar ham örganilyapti.
“Asosiy qismi özbeklar bölgan 101 askarning şaxsini aniqlaşda Ikkinçi jahon uruşida asir olinganlar haqida Özbekistonda saqlanayotgan ma'lumotlarni örganiş asosiy ahamiyatga ega bölişi mumkin.
Tadqiqotni davom ettiriş uçun qölimizdan kelgança harakat qilamiz. Katta ehtimol bilan, DNK testlarini ötkazişimizga töğri keladi. Buni oldingi bosqiçlarda ham amalga oşirdik va natija juda ijobiy böldi, bundan keyingi bosqiçlarda ham DNK testlari iş berişiga işonçim komil”, dedi Remko Reyding biz bilan suhbatda.
Navoiy viloyati hokimligi mas'ul xodimi Nazirjon Jörayevning aytişiça, askarlarning qarindoşlarini topiş uzoq davom etişi mumkin. “101 vatandoş izidan” loyihasi ham ma'lumotlarni doimiy örganişda davom etadi.