Germaniyaning dpa agentligi 27 aprel, payşanba kuni rasmiy manbaga tayanib xabar berişiça, 3500 nafar mahbusni öldirişda şeriklikda ayblanib, beş yilga ozodlikdan mahrum etilgan natsistlarning Zaksenxauzen konslageri sobiq qöriqçisi Yozef S. 102 yoşida vafot etdi. Epd agentligiga köra, sobiq qöriqçi 11 aprel kuni vafot etgan.
Yozef S. ötgan yil iyun oyida Noyruppin şahar sudi tomonidan sudlangan. Hukm çiqarilgandan söng u darhol Federal sudga şikoyat qildi. Apellyatsiya böyiça qaror hali qabul qilinmagani bois, hukm qonuniy kuçga kirmagan va Yozef S. bir kun ham qamoqda ötirgani yöq.
Sudda Yozef S. Zaksenxauzen konslagerida xizmat qilganini umuman rad etdi. Uning sözlariga köra, u qişloq xöjaligida işlagan. Ammo sud sudlanuvçining konslagerda xizmat qilganini tasdiqlovçi köplab hujjatlarni örganib çiqib, unga işonmadi.
Advokat Ştefan Vaterkamp öz mijoziga nisbatan çiqarilgan hukm ustidan darhol apellyatsiya berdi. U öz qarorini Federal adliya sudi heç qaçon konslager qöriqçisi sifatidagi oddiy xizmatni mahbuslarni öldirişda iştirok etganlikda ayblaş uçun asos qilib olmagani bilan izohladi.

















