Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 oyda davolanish maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni bo‘yicha Tojikiston birinchi o‘rinni egalladi — 30 547 kishi.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 22 692 kishi hamda 5 952 kishi tashrif buyurgan Qozog‘iston va Qirg‘iziston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: Rossiya — 1 001 kishi, Turkiya — 34 kishi.