Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi Qoraqalpoğistonda umumiy quvvati 1500 MVt bölgan şamol elektr stansiyasini quradi. Bu haqda Enegetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 2022 yil 23 dekabr kuni Toşkentda Saudiya Arabistoni Investitsiyalar vaziri Xalid al-Falih, “ACWA Power” kompaniyasi boşqaruvi raisi Muhammad Abunayyan, Özbekiston energetika vaziri J.Mirzamahmudov, Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri J.Xöjayev va taşkilotlar rahbarlari iştirokida şartnomalar imzolaş marosimi bölib ötgan.

Mazkur yirik quvvatli şamol elektr stansiyasi 2026 yilda işga tuşirilişi, yiliga 5,2 mlrd kVt-soat elektr energiyasi işlab çiqarişi va buning natijasida yiliga 1,5 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalişi rejalaştirilgan.

Qayd etilişiça, stansiyada 300 MVt/550 MVt-soat elektr saqlaş kimyoviy batareyalari (akkumulyatorlar) örnatiladi. Uşbu batareyalar şamol turbinalaridan çiquvçi özgaruvçan elektr energiyasini rostlab beradi.

















