Avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakda to‘xtab turish 600 ming so‘m jarimaga sabab bo‘ladi
Toshkent shahri ko‘chalaridagi avtobuslar uchun maxsus yo‘laklarda harakatlangan va to‘xtab turgan boshqa transport vositalari videokameralarga olinib, jarimaga tortiladi.
Alisher Navoiy, Beruniy, Amir Temur va Farg‘ona yo‘li singari markaziy ko‘chalar bo‘ylab avtobuslarga mo‘ljallangan maxsus yo‘lakchalar tashkil etilmoqda. Endilikda bu yo‘laklarda boshqa transport vositalarining harakatini cheklash va qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida svetoforlarga videokameralar o‘rnatish boshlandi. Bu haqda YHXX xodimi Oybek Rahmonov Kun.uz muxbiriga ma’lum qildi.
Rahmonovning ta’kidlashicha, avtobus yo‘lakchalariga uzluksiz chizig‘i (1,1 bosish mumkin bo‘lmagan chiziq) tortilgan bo‘lib, bu kameralar aynan shu chiziqlar bo‘yicha ishlaydi.
“Agarda kameralar ishga tushsa, qoidabuzarlikni avtomatik aniqlaydi. Xodimlar tomonidan bu holat tasdiqlanadi. Ya’ni qoidabuzarlik alomati aniqlansa, belgilangan tartibda jarimaga solish to‘g‘risidagi qaror chiqariladi. Bu ma’muriyat xodimi tomonidan amalga oshiriladi”, – dedi mas’ul.
Qayd etilishicha, uzluksiz chizig‘ini bosib o‘tib, sababsiz ravishda avtobuslar uchun ajratilgan maxsus yo‘lakda harakatlangan avtomobillar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi bilan BHMning ikkidan bir qismi, ya’ni 150 ming so‘m miqdorida jarimaga tortiladi.
Agarda avtomobil o‘sha yo‘lakda to‘xtasa, to‘xtaganda ham bu holat yo‘lovchini tushirish yoki chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmasa, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1286-moddasi bilan BHM miqdorining 2 baravari – 600 ming so‘m miqdorida jarima jazosi beriladi.
Shu yerda o‘rinli bir savol tug‘ilishi mumkin. Bu yo‘laklarda harakatlanishning istisno holatlari ham bo‘lib, avtomobil yon ko‘chaga burilishi yoki yo‘lovchini tushirishi, chiqarishi zarur bo‘lganda, maxsus yo‘laklarda harakatlanish va to‘xtab turish mumkin. Ammo o‘rnatilayotgan kameralar avtomatik ravishda qoidabuzarlikni qayd etsa, ma’muriyat xodimi bazaga tushgan ma’lumotlar asosida jarimani tasdiqlab rasmiylashtirsa, bu qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi? Istisno holatlarda ham haydovchilar jarimaga tortilib ketaveradimi?
Bu savolimizga javoban Rahmonov yangi kameralarni o‘rnatish ishlari endi boshlanganini, uning qanday ishlashi keyinroq ma’lum qilinishini aytdi.
Shuningdek, Oybek Rahmonov jarimadan undiriladigan summalar qayerga tushishi va nima maqsadlarga sarflanishi haqidagi savolimizga aniq ma’lumotlar yo‘qligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni vaqtda faqat texnik ishlar, ya’ni kameralarni o‘rnatish jarayonlari ketmoqda. Uning qachon ishga tushirilishi, jarimalar qachondan yozila boshlanishi esa ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 475 kmga yaqin 34 ta alohida avtobus yo‘lakchalari tashkil etilishi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan 50 ming so‘m so‘radi
O‘zbekiston | 11:52
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
Jahon | 11:04
Mavzuga oid
15:46 / 12.01.2025
Qashqadaryoda maktabga mashina minib kelgan o‘quvchiga chora ko‘rildi
10:46 / 12.01.2025
Xalq artisti Jyenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima bo‘yicha izoh berildi
23:28 / 11.01.2025
Markaziy bank 9 ta bankka ogohlantirish berdi va uchta moliya tashkilotini jarimaga tortdi
15:10 / 13.12.2024