Telegram-kanallarida tarqalgan xabarlarda hakerlar jamoasi Toşkent şahar IIBB YHXB saytiga hujum uyuştirib, ma’lumotlar bazasidagi jarimalarga oid 60 mingta ma’lumotdan 27 mingtasini qölga kiritişgani, şundan mingdan ortiq jarimalar öçirib yuborilgani haqida söz boradi.

Xabarlarga haydovçilarning ism-şarifi, tuğilgan sanalari, qanday avtomobilda yöl harakati qoidasini buzgani, qoidabuzarlik turi, buning uçun qöllanilgan jarima miqdori, rasmiylaştirilgan bayonnoma sanasi va boşqa ma’lumotlar aks etgan skrinşotlar ilova qilingan.

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumot haqiqatga mos kelmasligini bildirdi.

“Hozirgi kunda Toşkent şahar IIBB YHXB sayti mavjud emas. 2018 yilda IIBB YHXB saytini yuritiş uçun test rejimida platforma işlab çiqilgan, lekin örnatilgan talablarga, şu jumladan xavfsizlik normalariga javob bermaganligi uçun sayt faoliyati töxtatilgan.

Içki işlar vazirligining barça rasmiy resurslarining xavfsizligi töliq ta’minlangan. Ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini söraymiz”, deyiladi Ğiyosovning telegram-kanalida e’lon qilingan bayonotda.

2021 yil noyabrda ham Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining jarimalar elektron bazasi kiberhujumga uçragani haqida audioyozuv tarqalgandi. YHXBB buni rad etib, ikkita baza integratsiya qilinayotgani sababli “ayrim nosozliklar” röy berayotganini bildirgandi.

Şu yili 5 iyul kuni ham soat 14:05 dan 6 iyul soat 12:30 gaça Yöl harakati xavfsizligi boşqarmalari tasarrufidagi elektron tizimlar işlamay qolgan, qariyb bir kunlik tanaffusdan söng YHXB bazasi faoliyati tiklangandi.