Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar qilishicha, eng ko‘pi, 324 nafar talaba Navoiy nomli davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, quyida qancha stipendiat qaysilariga loyiq topilgani bilan tanishish mumkin:

  • Prezident davlat stipendiyasi – 72 nafar
  • I.Karimov nomli davlat stipendiyasi – 100 nafar
  • Beruniy nomli davlat stipendiyasi – 95 nafar
  • Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi – 26 nafar
  • Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi – 22 nafar
  • Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi – 3 nafar
  • Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi – 8 nafar
  • To‘lapbergan Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi – 6 nafar

Qayd etilishicha, Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor bo‘lolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik pul mablag‘i bilan rag‘batlantiriladi.