Rossiya Taşqi işlar vazirligi (TIV) Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya örtasidagi munosabatlarning uzilişiga «hatto bir işora» ham ularning iqtisodiyotiga jiddiy zarar keltiradi, deb hisoblaydi.

Bu haqda Rossiya TIV uçinçi departamenti direktori Aleksandr Sternik Markaziy Osiyo davlatlari aksilrossiya sanksiyalariga amal qilsa, Moskva qanday reaksiya bildirişi haqidagi savolga javoban aytdi.

«Biz barça «öyinçilar» harakatlarini birinçi navbatda Rossiya manfaatlariga zarar yetkaziş yoki yetkazmaslik nuqtai nazaridan baholaymiz. Va biz bundan tegişli xulosalar çiqaramiz, jumladan, Rossiya Federatsiyasi bilan köp qirrali aloqalarni yöqotmaslikdan hayotiy manfaatdor şeriklar bilan birgalikda. Aloqalarning qisqarişiga «hatto işora» ham şunday iqtisodiy oqibatlarga olib kelişi mumkinki, «xöjayinlar» tomonidan va’da qilingan har qanday «mukofot» ularni qoplay olmaydi», dedi Sternik.

Sternik «xöjayinlar» deganda nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmadi.

Şuningdek, TIV mulozimi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti kabi Rossiya iştirokidagi taşkilotlarda «xiviç intizomi» yöqligini ta’kidladi. Diplomatning fikriça, agar ikki hamkor davlat pozitsiyalari bir-biriga yaqinlaşmasa, Rossiya davlatlardan birining tarafini olgandan köra moderatorlik pozitsiyasini egallaşni afzal köradi.