31 dekabrdan 1 yanvarga ötar keçasi Özbekistonning aksar hududlarida qor yoğişi mumkin. Bu haqda «Özgidromet» boş direktori Şerzodxöja Habibullayev Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Iqlimşunos Erkin Abdulahatov ham 2023 yilga ötar keçasi soat 00:00 ga bong urganda, Özbekistonning katta qismida qor yoğişi mumkinligi haqida yozdi.

Uning ta’kidlaşiça, mazkur ob-havo prognozlari ayrim iqlim modellari tomonidan taqdim etilmoqda. 

«Masalan, 2022 yilning 30–31 dekabr hamda 2023 yilning 1 yanvar kunlarida poytaxt Toşkentda 4 iqlim model mahsulotlaridan («Özgidromet», AQŞning ikkita modeli va Rossiyaning bir modeli) ikkitasi yoğingarçilik (yomğir-qor) bölişini körsatgan.

28 dekabrdan söng Özbekistonga bir neçta nam havo oqimi bosqiçlari kirib kelişi oydinlaşmoqda. Mutaxassislar vaziyatni ob-havo xaritalari, atmosferadagi havo aylanmalari harakati orqali sinçkov kuzatişmoqda», — deya qayd etadi iqlimşunos.

Şu bilan birga, Şimoliy Amerika markazida sovuq havo hukmron bölib turganda, Yevropada uning teskarisi kuzatilmoqda

«Issiq havo oqimi Yevropadan şarqqa tomon harakatlanib, rus tekisliklari tomon oşiqmoqda. 

Mazkur vaziyat kelayotgan ön kunlikda bizga şimoli-ğarbdan öta sovuq havo oqimlari kirib kelmasligini kafolatlaydi. 

Darvoqe, hozirgi kunda hammani yangi yil keçasida özbeklar yangi yilni qanday ob-havo qarşisida kutib olişi töğrisidagi vaziyat qiziqtiryapti. 

Ayrim iqlim modellari 2023 yilga ötar keçasi soat millari 00:00 ga bong urganda, respublikaning katta qismida taşqi muhitda qor yoğişi mumkinligi töğrisida kutilmalarni taqdim etmoqda. 

Albatta, mutaxassislar vaziyatni ob-havo xaritalari, atmosferadagi havo aylanmalari harakati orqali sinçkov kuzatişmoqda. 28 dekabrdan söng respublikaga bir neçta nam havo oqimi bosqiçlari kirib kelişi oydinlaşmoqda.