“Özbekiston Respublikasi faxriy donori” kökrak nişoni bilan taqdirlangan şaxslarga biryöla beriladigan pul mukofoti summasi BHMning 5 baravaridan 15 baravarigaça (1,5 mlndan 4,5 mln sömgaça) oşiriladi.
Şuningdek, kökrak nişoni bilan taqdirlangan şaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:
- ular uçun qulay bölgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga çiqiş;
- şahar jamoat transportining barça turlaridan (yönalişli va yönalişsiz taksilardan taşqari) bepul foydalaniş;
- davlat sanatoriy-kurortlarida davolaniş uçun yöllanmalarni navbatsiz oliş;
- doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topşiruvçi) donorlar va ularning yaqin qarindoşlari (ota-onalari, turmuş örtoği, farzandlari, aka-uka va opa-singillari, turmuş örtoğining ota-onalari) statsionar davolaniş jarayonida, zarurat tuğilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi;
- donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlaş böyiça xarajatlarning qiymati respublika böyiça bir xil — mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 3 foizi (27 ming 600 söm) miqdorida belgilanadi;
- immun donorlarga ötkazilgan immunizatsiya va topşirilgan plazmasi uçun haq tölaş miqdori mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining oşirilişi darajasi doirasida mutanosib ravişda indeksatsiya qilib boriladi;
- şoşilinç holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini taşiş uçun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanişga ruxsat beriladi.

















